Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI harbiy shtabi boshlig‘i NATO qo‘shinlarining Ukrainaga kirishi ehtimoli haqida gapirdi
Foto: Reuters
Yevropa Ittifoqi harbiy shtabi boshlig‘i, Ukraina harbiylarini tayyorlash missiyasi qo‘mondoni Erve Blejanning aytishicha, Ukrainaga NATO qo‘shinlarini kiritish mumkin emas, bu NATO rejalarida yo‘q va bo‘lmaydi ham. Bu haqda u LCI telekanali efirida gapirib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, voqealarning bunday rivojlanishi haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas.
“Ukrainaga quruqlikdagi kuchlarni yuborish mojaro tarafiga aylanish va Rossiya bilan urush qilish demakdir. Hech kim buni xohlamaydi, na NATO, na Yevropa Ittifoqi”, - dedi Blejan.
Shu tariqa, u Shimoliy Atlantika alyansi sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussenning bayonotiga izoh berdi. Rasmussenning fikricha, voqealar rivoji shunday tus olishi mumkin.
Blejanning qo‘shimcha qilishicha, alyans a’zolari mojaro tarafi emas va unga aylanmaydi.
Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Bryusseldagi matbuot anjumanida AQSh boshchiligidagi Ukraina bo‘yicha aloqa guruhi ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlariga tayyorlash masalasini muhokama qilishini bildirgandi.
Mavzuga oid
19:58 / 20.02.2026
OAV Zelenskiy yana uch yillik urushga tayyorlanishni buyurgani haqida yozdi. Kiyev rad etdi
13:27 / 20.02.2026
Shvetsiyaning Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi - 1,2 mlrd yevro
14:13 / 19.02.2026
NATO Boltiqbo‘yi sohiliga desant tushirish mashqlarini o‘tkazmoqda
12:08 / 19.02.2026