Afrika yetakchilari tashrifi vaqtidagi zarba va ozod etilgan qishloq manzaralari. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 478-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Volodimir Zelenskiyni «yahudiy xalqi uchun sharmandalik» deb atadi. Rossiya prezidenti yig‘ilganlarga xolokost haqida kino qo‘yib berdi va uni go‘yoki Kiyevdagilar inkor etishini aytdi.
- Jurnalistlarning aniqlashicha, Rossiyaning 2023 yil boshida Baxmut va Vuhledardagi yo‘qotishlari urushning dastlabki haftasidagidan yuqoriroq bo‘lgan.
- Kiyevda Afrika mamlakatlari yetakchilari Zelenskiy bilan tinchlik tashabbusini muhokama qilish uchun uchrashdi. Muzokaralar yakunlariga ko‘ra Zelenskiy Ukrainaga «chinakam tinchlik kerakligi — bu esa Rossiya qo‘shinlari olib chiqilishini talab etishi»ni aytdi. Uchrashuv kuni Rossiya qo‘shini Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlarini o‘qqa tutdi.
- Putin Rossiya qo‘shini Kiyev atrofida amerikaliklarning Patriot havo hujumidan mudofaa komplekslarini yo‘q qilganini aytdi. U aynan nimani nazarda tutgani aniq emas: Ukraina rasman ikkita kompleks qabul qilib olgan, ularning har biri oltitadan uchirish qurilmasiga ega.
- Putin shuningdek Belarusga yadro zaryadlarining birinchi partiyasi yetkazib berilganini ma’lum qildi.
- Britaniya razvedkasi Ukrainada katta ehtimol bilan rossiyalik general-mayor Sergey Goryachev halok bo‘lganini xabar qildi.
- Zelenskiy frontdagi vaziyatni «umuman olganda pozitiv, ammo murakkab» deb atadi.
- Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov Shebekinoda otishmalar oqibatida jami 113 ta ko‘p qavatli va 700 ta xususiy uylar shikastlangani haqida aytdi.
Ozod etilgan Blahodatne qishlog‘i
Donetsk oblasti g‘arbidagi Blahodatne qishlog‘i Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumi davomida ozod etildi, bu haqda 10 iyun kuni ukrain harbiylari xabar berishgandi. U Mokriye Yali daryosi vodiysida, «Vremevka bo‘rtig‘i» etagida joylashgan — RF mudofaa vazirligi rossiyaliklarning Donetsk va Zaporijjya oblastlari tutashgan hududda, Velikaya Novosilka rayoni markaziga qarab yo‘nalgan pozitsiyalarini Vremevka posyolkasi asosida shunday atagan. Ukrain harbiylari mahalliy Madaniyat uyida o‘rnashgan rossiyalik harbiylar tomonidan qattiq qarshilik ko‘rsatilgani haqida xabar bergan. RF mudofaa vazirligiga aloqador «Rybar» telegram-kanali esa Ukraina qurolli kuchlari Blahodatneni «amalda jangsiz egallagani» (go‘yoki «DXR» kuchlari qurshovga tushib qolmaslik uchun, keyingi pozitsiyaga chekingan) haqida yozgan. Rossiya okkupatsiyasi vaqtida, ukrainlarning ma’lumotlariga ko‘ra, qishloqdagi qurilmalarning 80 foizi vayron bo‘lgan.
Xerson o‘qqa tutilishi
16 iyun kuni — Ukrainaga Afrika davlatlari yetakchilari tashrif buyurgan mahalda — Rossiya qo‘shini Xerson bo‘ylab yoppasiga zarba yo‘lladi. Tinch aholi vakillari bo‘lgan 25 kishi, jumladan uch nafar bola jarohatlangan, ikki kishi halok bo‘lgan.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermakka ko‘ra, Xerson markazi, Korabel rayoni va Tavr mikrorayoni (shahardagi eng yirik mikrorayon) zarbaga uchragan. Tibbiyot muassasasi, bolalar bog‘chasi, supermarket, ko‘p kvartirali turar joy binolari, avtomobillar, elektr uzatish liniyalari shikastlangan.
Kiyev Afrika yetakchilari tashrifi vaqtida o‘qqa tutildi
16 iyun kuni Kiyevga Ukraina va Rossiya mojarosini hal qilish bo‘yicha o‘z rejasini taklif etgan Afrika davlatlari yetakchilari tashrif buyurdi (bu reja tezroq muzokaralar boshlash hamda ikki tomonga ham xavfsizlik kafolati taqdim etishni nazarda tutadi). Shu soatlarda, Ukraina qurolli kuchlari havo qo‘shinlari ma’lumotiga ko‘ra, Kiyev shahri va Kiyev oblasti bo‘ylab rossiyaliklarning ballistik raketalari uchirilgan; butun Ukraina bo‘ylab havo trevogasi e’lon qilingan. Reuters jurnalistlari afrikalik siyosatchilar bombapanagoh sifatida foydalanish uchun mehmonxonaga chopayotganini ko‘rishgani haqida xabar berishgan. «Rossiyaliklarning raketalari — bu Afrikaga signal: Rossiya tinchlikni emas, katta urushni istamoqda», — deya yozdi Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba tvitter sahifasida.
Ukrainaning turli hududlaridan suratlar
Nikopoldagi bombapanagoh
Mavzuga oid
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
17:55 / 23.11.2024
WSJ: Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
13:12 / 23.11.2024
Kursk oblastida yashovchi 46 kishi Ukrainadan qaytib keldi
11:31 / 23.11.2024