BMT tomonidan har yili 17 iyun — Jahon çöllaniş va qurğoqçilikka qarşi kuraş kuni sifatida belgilangan. Mazkur muammo bugungi kundagi eng ötkir muammolardan biri sanaladi. Jahonda yildan yilga yaşil maydonlar kamayib, çöl hududlari ortib bormoqda.
Odatda çöllaniş, qurğoqçilik, oziq-ovqat muammolari deganda köz öngimizga Afrika qit’asidagi hududlar keladi. Ammo vaziyat biz öylagançalik faqat bir mintaqa bilan çegaralanmayapti. Bugun Osiyo, hatto Yevropa ham bu muammo bilan yuzlaşmoqda. Insoniyat ulkan sinov qarşisida turibdi.
Ma’lumotlarga köra, bir daqiqada Özbekistonning 9 kvadrat metr hududi çöllanib boryapti. Har soniyada dunyo böylab 23 gektar çöllanib boryapti. Bu holat davom etaversa, 2050 yilga borib, Yer yuzining 95 foizi çöllanişi va bu 3 milliarddan ziyod odamni oziq-ovqat tanqisligida qoldirişi mumkin.
Inson omili
Çöllaniş ikki ikki xil sababga köra vujudga keladi: tabiiy va antropogen (inson) omil ta’sirida. Tabiiy omil turli ofatlar, quruq iqlim şaroiti ta’sirida paydo böladi.
Inson omili esa daraxtlar va ösimlik olamining yöq qilinişi, dehqonçilik faoliyati va turli kimyoviy öğitlardan foydalaniş, notöğri suğoriş tizimi, yerlarni özlaştiriş ta’sirida vujudga keladi.
Afsuski, hozirda Yer yuzining 75 foiz hududi çöllaniş ta’siriga uçragan, 2050 yilga borib bu holat 90 foizga yetişi kutilmoqda. Çöl har kuni, har soatda yaşil hududlarda ajdarhodek öz domiga tortib bormoqda.
Har yili bu muammoga uçrayotgan yer maydoni hajmi Yevropa Ittifoqi hududi (4,2 mln. kv.km)ning qariyb yarmiga töğri keladi. Çöllanişdan eng köp aziyat çekayotgan mintaqalar bu Afrika va Osiyodir.
Qurğoqçil iqlim va çöl hududlarining kengayişi 2050 yilgaça 700 milliondan oşiq kişining öz yaşaş hududini tark etişiga sabab bölişi kutilyapti. Eng yomon ssenariyda bu körsatkiç 2 milliardgaça yetişi mumkin. Eng katta xavf Xitoy va Hindiston, Sahroyi Kabir hududlariga qaratilişi mumkin. Afsuski, bu muammo Özbekiston joylaşgan Markaziy Osiyoni ham çetlab ötmaydi.











