Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzcosmos BMT bilan hamkorlikda qurg‘oqchilikni monitoring qilish tizimini yaratmoqda
Ma’lum qilinishicha, masofadan zondlash orqali sun’iy yo‘ldosh tasvirlari yordamida tuproq namligi, o‘simlik qoplamasi, suv havzalari maydonidagi o‘zgarishlarni aniqlash mumkin.
Uzcosmos agentligi BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (UNESCAP) bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo uchun yerni masofadan zondlash texnologiyalariga asoslangan qurg‘oqchilikni monitoring qilish tizimini yaratish loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, loyiha doirasida mintaqa davlatlariga qurg‘oqchilikni boshqarish tizimini takomillashtirish, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari hamda texnik resurslardan o‘z vaqtida foydalanish bo‘yicha ko‘mak beriladi. Xususan, har bir mamlakatning o‘ziga xos sharoitini inobatga olgan holda qurg‘oqchilikni tezkor kuzatish tizimi va ekinlarni bulutli monitoring qilish platformasini yaratish reja qilingan.
“Ahamiyatli jihati shundaki, qurg‘oqchilikka qarshi kurashishda kosmik monitoring asosiy instrumentlardan biri hisoblanadi. Jumladan, masofadan zondlash orqali sun’iy yo‘ldosh tasvirlari yordamida tuproq namligi, o‘simlik qoplamasi, suv havzalari maydonidagi o‘zgarishlarni aniqlash mumkin”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:23 / 03.01.2026
Xavfli ob-havo hodisalari bo‘yicha barvaqt ogohlantirish 100 foizga yetkaziladi
20:26 / 24.11.2025
Turkmaniston g‘arbidagi ikkita suv ombori butunlay quridi
18:18 / 17.11.2025
Eron so‘nggi yarim asrdagi eng kuchli qurg‘oqchilik fonida bulutlarni «ekishni» boshladi
10:39 / 01.07.2025