Özbekiston rivojlanişning qay bosqiçida: taşqi siyosat, qişloq xöjaligi va jamiyatdagi ğoyasizlik (2-qism)
|22:43 / 17.06.202318 45010 min
Özbekiston öz tarixidagi 7-prezidentlik saylovi arafasida turibdi. Xöş, bu siyosiy jarayon mamlakat rivojlanişining qaysi tarixiy bosqiçida röy bermoqda? Kun.uz muxbiri yaqin siyosiy ötmiş va bugungi status-kvo haqidagi turkum intervyularini davom ettiradi.
Turkumning bu galgi sonida mamlakat qişloq xöjaligi, Özbekiston yuritayotgan taşqi siyosat va jamiyatni birlaştiruvçi xalqçil ğoyalar zarurati haqida söz bordi.
Intervyu mehmonlari – qişloq xöjaligi fanlari doktori, professor Usmon Norqulov, yozuvçi Nazar Eşonqul va siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov böldi.
— Ötgan 32 yil davomida Özbekiston qişloq xöjaligi qanday özgarişlarni boşdan keçirdi va özgarişlar qanday strategiya asosiga böldi? Nega bugungi kungaça Özbekistonda yer haqiqiy egasini topgani yöq, sohani sanoatlaştiriş nega keçikyapti-yu, nega imkoniyatlardan töliq foydalanilmayapti?
Usmon Norqulov:
— Mustaqillikdan keyin qişloq xöjaligi boşqaça şaklda rivojlana boşladi. Sobiq ittifoq davrida butkul boşqa bir körinişda edi va asosiy yönaliş paxta yetiştiriş edi. Mustaqillikdan söng bu jarayonlarni töxtatişga töğri keldi. Çunki qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş juda kam edi, tuproq unumdorligi tuşa boşlagandi. U davrda faqat paxta ekildi, haddan taşqari köp öğit berildi, almaşlab ekiş izdan çiqdi. Ayni inqiroz paytida mustaqillik böldi. 1994-95-yillargaça ham öşa eski tizimdan foydalandik. 1997 yildan fermer xöjaligiga öta boşladi, 1998 yildan fermer va dehqon xöjaliklari töğrisida qonun işlab çiqila boşladi. Eski tizimdan yangisiga ötiş köp vaqt talab qildi. Hukumatda ham, olimlarda ham tajriba yöq edi bu borada. Qay tartibda bölib, qanday taşkil etiş masalalari bor edi. Dastlab tanlov asosida berildi yerlar, ya’ni bilimi, tajribasi va texnik imkoniyatlari inobatga olingan.
Usmon Norqulov
2008 yildan boşlab fermerlarning yeri kengaya boşladi, çunki kiçik-kiçik yerlar qator muammolarni keltirib çiqardi (suv, texnika, işçi kuçidan foydalaniş). Bizdagi suğoriş tizimlari şundayki, ularni bölib taşlab bölmaydi.
2014-15-yillardan boşlab fermer xöjaliklarini köp tarmoqlilaştiriş boşlandi. Oldin ixtisoslaştirilgan edi. Bu vaqtdan boşlab esa qayta işlaş, qöşimça daromad beruvçi yondoş sohani rivojlantiriş kabi masalalar qöyildi. Şuning natijasida hozir köp fermer xöjaliklar köp tarmoqli.
Fermerlarning yerlari kengaytirildi. Bundan taşqari kiçik yer egalari bölgan dehqon xöjaliklari paydo böldi. Şaxsiy tomorqalar ham köpaydi. Tomorqasi bölgan aholi özini oziq-ovqat bilan ta’minlaşi ham muammoga bir qadar yeçim edi.
Mavzuga oid
— Siz hozir sohaning ötgan davriga ijobiy baho beryapsiz. Ammo ba’zi ekspertlar fikriça, bu soha ötgan yillar davomida aniq bir tizim asosida şakllanmadi. Masalan, yerga egalik şakli juda tez özgarmoqda yoki uni dehqonlarga bölib berganda hozirgidan köra samaraliroq natijalarga erişiş mumkin edi xuddi rivojlangan Xitoyda yoki qöşni Qirğizistonda bölgani kabi.
Usmon Norqulov:
— Özini oqlamayapti deyiş qiyin. Tartibsizlik,belgilangan maqsadlarga erişolmaslik bor, töğri. Lekin muhimi şundaki, qişloq xöjaligi sohasi töxtab qolgani yöq. Mahsulotlar yetiştirilyapti, işlab çiqariş paydo bölyapti. Ammo ayrim kamçilik bor.
Kiçik fermer xöjaliklarini bölganda, qişloq xöjaligi texnikalaridan foydalaniş, samaradorlik darajasi tuşib ketadi. Kiçik fermer xöjaliklarining qurbi xam yetmaydi texnika xarid qilişga. Hozirgi holatda juda yaxşi bölib ketmayotganiga sabab içki masalalar deb öylayman.
— Kamoliddin aka, Özbekiston taşqi siyosati mamlakat konstitutsiyasi, taşqi siyosat konsepsiyasi yoki ma’lum şaxslarning vaziyat taqozosi bilan köradigan çoralariga köra yuritiladi. Bu siyosat davlatlarning suveren tengligi, nizolarni tinç yöl bilan hal etiş, boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik va neytrallikka asoslanişi aytiladi.
Ha, bir qaraganda u qandaydir jozibalidek körinişi mumkin, lekin ba’zida noqulayliklar keltirgan vaqtlar ham bor. Masalan, BMTdagi ovoz beriş jarayonlaridagi pozitsiyamiz yoki Şavkat Mirziyoyevni özi aytganidek, qator katta davlatlar undan yo u tomon yo bu tomonga ötişni söragani. Siyosatşunos sifatida Özbekiston taşqi siyosatida şakllangan bugungi pozitsiyasiga qanday baho berasiz?
Kamoliddin Rabbimov:
— Hozirgi taşqi tafakkurini tahlil qiliş uçun birinçi ma’muriyat davrida qanday edi, degan savolga javob beriş kerak oldin. Özbekiston birinçi ma’muriyat davrida taşqi siyosatda dixotomiya bor edi (bir tomonga yon bosiş, böliniş). Masalan, 90-yillarning boşida Özbekiston Turkiyaga yönaliş oldi taşqi siyosatda, 1993-94-yillardan Turkiyadan soviş boşlanib, 90-yillar örtalaridan AQŞga yuzlanildi. Lekin bu narsa içki siyosatda öz aksini topmadi, ya’ni inson huquqlari, demokratiya tomondan özgariş bölmadi. Avtoritar bölib qoldi. Lekin taşqi siyosatda NATO bilan bir neçta loyihalarda iştirok etdi, Ğarb bilan yaqinlaşiş kuçli davom etdi. 2003 yildan possovet davlarida rangli inqiloblar boşlanişi natijasida 2004 yildan Ğarbga bölgan munosabatlar soviy boşladi. Ya’ni Özbekiston birinçi ma’muriyat davrida qaysidir qudratli davlatga yönaliş olardi va öşa davlatning duşmanlari bilan ham munosabatlar sovir edi. AQŞga yaqinlik paytida kim bizga duşmanlik qilsa, Vaşingtonga ham böladi, deyilgandi, Rossiyaga yaqinlik paytida ham xuddi şu ma’nodagi sözlar yangragandi.
Kamoliddin Rabbimov
2004 yildagi soviş 2005 yil Andijon voqealari bilan mantiqiy yakuniga yetdi va 2005-2009-yillar oraliğida Özbekiston öz muammolari bilan yopildi taşqi siyosatda. 2009 yildan 2016 yilga qadar taşqi siyosatda ihotalaniş davri böldi. Taşqi dunyoda xeç kimga ergaşilmadi va uning taşabbuslari qadrsizlangan edi.
2016 yildan keyingi taşqi siyosatni şartli ravişda köp vektorli siyosat deyiş mumkin. Bugungi kunda Özbekiston Moskva, Vaşington, Islomobod, Anqara, Bryussel, Pekin — barçasiga imkon qadar ijobiy munosabat şakllantiryapti. Ular örtasidagi munosabatlarga Özbekiston arlaşmayapti. Bugunda Vaşington va Moskva, Pekin va Vaşington örtasida kuçli ziddiyat bor. Özbekiston «Taşqi siyosatdagi muammo — özingizniki. Bizning taşqi siyosat özimizning manfaatlar uçun» degan munosabat bildiryapti. Ötgan 6 yilda Özbekiston özining aynan bitta vektorini tanlagani yöq. Prezidentning katta davlatlar tanla deyapti, lekin xalq manfaatini tanlaymiz, deyişi yaxşi. Ya’ni Özbekistonning öz manfaatlari bor.
Rossiya öta xavfli davlat bölsa-da, Özbekiston juda yaqin hamkor. Possovet hududi bölgan Markaziy Osiyoga bosimlarni san’at darajasiga olib çiqqan Rossiya. Xalq irodasidan kelib çiqib taşqi siyosat bölişi kerak, deyilganda, fundamental ziddiyat bor. Agar ayni paytda davlat xalqdan qaysi davlatga yaqin böliş haqida sörasa, köpçilik Rossiyani aytadi. Özbekiston içida mustaqil bölgan OAV yarata olmadik, şuning uçun Rossiyaga bölgan iliq, AQŞga bölgan sovuq munosabat soğlom şakllangan emas. Xalq irodasi muhim bölsa, biz rossiyaparast siyosat qilişimiz kerak, çunki xalq Rossiya axborot maydonida qolib ketgan. Qozoğiston va Qirğizistonda nisbatan bu axborot maydonidan çiqiş bor, lekin ziddiyatli hali ham. Qozoğistonda Rossiyaga nisbatan immunitet bor hukumat darajasida ham, jamiyatda ham. Bizda esa yöq, çunki mustaqil kanallar mavjudmas. Kun.uz, Qalampir.uz kabi axborot portallari butun jamiyat fikrini töliq şakllantirişga qiynalyapti. Çunki televideniye baribir ustun turadi xalqqa ta’sir qilişda. Qozoğistonda esa mustaqil televideniyelar, senzuradan xoli.
Bu yerda xalq irodasi emas, Özbekistonning mustaqillik, suverenitet qadriyati ham bor. Şundan kelib çiqib taşqi siyosat yuritsak, mutlaq xalq irodasiga teskari siyosat bölişi kerak. Xalq Rossiya tomonidan manipulyatsiya qilinyapti.
Nazar Eşonqul
Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng katta davlat — Özbekiston. Va aynan Özbekiston Rossiyaga nisbatan ehtiyotkor siyosat olib boryapti. Eng katta ta’sir hududida bölgan davlat esa Qozoğiston. Lekin şunga qaramasdan Qozoğiston hokimiyati Rossiya taşabbuslariga yöq deya olyapti.
Rossiyaning 2 ta katta loyihasi bor. Biri Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti. Bu şartnomaga kirilsa, öşa davlatning harbiy xavfsizlik tizimi Rossiya qöliga ötadi. Özbekiston bu şartnomadan çiqib ketgan. Konstitutsiyada ham Özbekiston harbiy bloklarga kirmasligi belgilangan. Lekin Özbekiston şarqona avtoritar davlat. Biz Rossiyaga töğridan töğri yöq demaymiz, vaqtni çözamiz, vaziyatni kutamiz, bu esa aslida yöq degani. Bugungi rasmiy Toşkentning maqsadi — YeOIIga kirişga vaqtni çözib borib yöq deyiş. Özbekiston hukumati Rossiyaga nisbatan şunça sanksiyalar bölib turgan vaziyatda bu ittifoqqa kirmasa kerak, menimça. Ukraina uruşidan oldin Rossiya uçun bu ittifoq iqtisodiy yutiş uçun edi, endi esa «tirik qoliş» imkoniyati. Oktabr oyiga borib Özbekistonning ittifoqdagi faolligi oşadi, degan gaplar ham bor, bu degani Rossiya tomondan bosim bölyapti. Rossiya uçun ittifoqning ahamiyati oşdi hozirgi holatda.
Markaziy Osiyoda barça davlatlar avtoritar. Şuning uçun ham baralla yöq deya olmaydi hukumat, demokratik tizimlar şunday deya oladi. Taşqi siyosat ham içki siyosatning davomi. Demokratik institutlar yaxşi işlamasligi oqibatida Rossiyaga yon beriş bor.
· Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Ilyos Safarov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Abduqodir Tölqinov.