19:00 / 19.06.2023
11778
Reklama

Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarni tashkil qiluvchi President Tech Award tanloviga hujjatlar qabuli davom etmoqda

Foto: Telegram / PresidentTechAward

IT mutaxassislari uchun mo‘ljallangan tanlov asosiy va maxsus yo‘nalishlardan iborat.

Prezidentning 2022 yil 23 avgustdagi 357-sonli qaroriga asosan sovrin jamg‘armasi 1 mln dollarni tashkil etuvchi President Tech Award eng yaxshi startaplar tanlovi e’lon qilindi. Mazkur tanlov IT sohasidagi yosh startaperlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.

President Tech Award – raqamli texnologiyalar sohasidagi eng yaxshi startap loyihalari uchun tanlov.

Musobaqa asosiy va maxsus yo‘nalishlardan iborat. Asosiy yo‘nalish toifalari:

• sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar;

• ijtimoiy sohadagi raqamli texnologiyalar;

• axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi texnologiyalar;

• tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;

• kompyuter va mobil o‘yinlar.

Tanlovning har bir toifasi uchun sovrin jamg‘armasi quyidagicha taqsimlanadi:

1-o‘rin uchun — $100 000; 

2-o‘rin uchun — $50 000; 

3-o‘rin uchun — $30 000.

Maxsus yo‘nalish esa Xakaton Gran-prisi bo‘lib, bu 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni ko‘zda tutadi. Xakatonda g‘olib bo‘lgan jamoa $100 000 miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘ladi.

Ishtirok etish uchun arizalar tanlovning shaffofligi va ochiqligini ta’minlash maqsadida awards.gov.uz maxsus portali orqali qabul qilinadi.

Portal – bu tanlov haqidagi barcha ma’lumotlar joylashtirilgan veb-sayt. Bu yerda siz jamoalarga qo‘shilishingiz va yo‘nalishlardan birida ishtirok etishingiz mumkin. Keyingi bosqichga o‘tish yoki o‘tmaslik haqidagi ma’lumotlar ham maxsus platforma orqali yuboriladi.

Hujjatlar 1 iyulgacha qabul qilinadi.

1 iyuldan 25 iyulga qadar saralash bosqichi o‘tkaziladi.

Tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar ishtirok etishi mumkin. Asosiy yo‘nalishda – faqat O‘zbekiston fuqarolari, maxsus yo‘nalishda esa IT-Park rezident kompaniyalari xodimlari bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham qatnasha oladi.

President Tech Award  tanlovi tashkilotchilari qiziqarli chellenj ham e’lon qilishdi.

Uning shartiga ko‘ra, siz startapingizga mos yo‘nalishni aniqlash uchun tanlovning rasmiy veb-saytida testdan o‘tasiz va javobingizni izohda qoldirasiz.

Bundan tashqari, awards.gov.uz sayti desktop versiyasidagi o‘yinda ishtirok etib, sovrinlarni qo‘lga kiritishingiz mumkin.

Shuningdek, tashkilotchilar yana bir yangilikka qo‘l urib, Magic City Park’da President Tech Award tanlovi uchun fotozona tashkil etishdi. Endilikda siz ushbu hududda suratga tushishingiz va uni IT Park Instagram sahifasini belgilagan holda tarmoqqa yuklashingiz mumkin. Eng kreativ surat sohiblari maxsus sovrinni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Sayt: awards.gov.uz

Telegram: t.me/PresidentTechAward

Murojaat uchun: t.me/uztechaward

Reklama

Top