Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik va niderlandiyalik talabalar o‘rtasida almashuv dasturlari amalga oshiriladi
Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov Niderlandiyaning Leyden universiteti Osiyo va Yevropa tanqidiy merosini o‘rganish bo‘yicha mutaxassisi, dotsent Yelena Paskaleva bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvda Leyden universiteti va O‘zbekistonning ta’lim muassasalari hamda tadqiqot markazlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Ye.Paskaleva so‘nggi yillarda Markaziy Osiyoga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotgani hamda ushbu mintaqa xalqaro maydonda ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylanayotgani sababli Leyden universiteti Yevropada ilk bor Eron va Markaziy Osiyo tadqiqotlari kafedrasini ochganini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida Erasmus ta’lim dasturi doirasida o‘zbekistonlik va niderlandiyalik talabalar o‘rtasida almashuv dasturlarini amalga oshirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
17:17 / 07.06.2026
“Asirlarning kalla suyagini eksponat qilishgan” – o‘zbeklar ko‘milgan Amersfortdagi o‘lim lageri
16:35 / 25.05.2026