CAFA Nations Cup. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi
Ilk bor milliy jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan CAFA Nations Cup turniri yakuniga yetdi.

Foto: Kun.uz
20 iyun kuni futbol bo‘yicha CAFA Nations Cup—2023 finalida O‘zbekiston milliy jamoasi Eronga qarshi bahs olib bordi.
O‘yinning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘limning boshidayoq hisob ochildi. Eronliklar hujumchisi Sardor Ozmun O‘tkir Yusupov darvozasini ishg‘ol qildi. 90-daqiqada esa eronliklar vakili Muhammad Kanani qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. O‘yinda hisob o‘zgarmay qoldi mezbonlar ilk bor o‘tkazilgan CAFA Nations Cup—2023 turnirida ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Oldindan favorit sanalgan Eron musobaqa g‘olibiga aylandi.
3-o‘rin uchun kechgan to‘qnashuvda esa Ummon Qirg‘izistondan minimal hisobda ustun keldi.
CAFA Nations Cup. Final.
O‘zbekiston — Eron 0:1
«Bunyodkor» stadioni, 20 iyun
Gol: Ozmun (48).
O‘zbekiston — O‘tkir Yusupov,. Hojiakbar Alijonov (Jasur Yaxshiboyev, 90+4), Farrux Sayfiyev, Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov (Abbos Fayzullayev, 71), Oston O‘runov, Sherzod Nasrullayev (Hojimat Erkinov, 78), Eldor Shomurodov, Umar Eshmurodov, Abdulla Abdullayev.
Eron — Alirizo Beyranvand (Said Niyozmand, 11), Ehson Hoji Safiy, Said Izzatullohiy, Murtazo Puraliganjiy, Mahdi Torimiy, Muhammad Kanoniy, Ro‘zbeh Chashmiy, Mahdi Gayediy (Vohid Amiriy, 46), Muhammad Muhabbi, Sardor Ozmun (Said Karimiy, 75), Ramin Rizoyan.
Ogohlantirishlar: Hamrobekov (39), Torimiy (42), Kanoniy (66), Shukurov (90+3), Eshmurodov (90+3).
Chetlatish: Kanoniy (90+1).
3-o‘rin uchun
Qirg‘iziston — Ummon 0:1
20 iyun, «Paxtakor» stadioni
Gol: Al Alavi (71).
Qirg‘iziston — Tokotayev, Kichin, Kozubayev, Brauzman, Murzayev (Batirxanov, 72), Abdurahmonov, Mamiraliyev, Aliqulov (Kojo, 72), Jirgalbek (Merk, 81), Atabayev (Rustamov, 46), Shukurov.
Ummon — Al Muhayni, As Sa’di, Al Alavi (Mamari, 75), Al Hamisi, Favaz (Al Yahmadi, 46), Al G‘assani (As Sobhi, 46), Ahmad Xalifa, Xolid Nosir Al Brayki, Mushaifri (Al Habsi, 90+1), Al Yaxyoyi, Al Mushaifri.
Ogohlantirishlar: Al G‘assani (26), Hamisi (28), Rustamov (56), Mamiraliyev (61), Al Yahyoyi (89).
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berishda Rossiya o‘rnini egallamoqda
Jahon | 08:41
-
Tesla aksiyalari rekord darajada pasaydi - Bloomberg
Jahon | 08:17
-
Rossiya nefti narxi RF budjeti hisob-kitoblaridan 25 foizga pastladi
Jahon | 08:12
-
Grenlandiyada yangi hukumat tasdiqlandi - ular mustaqillik tarafdori
Jahon | 08:00
Mavzuga oid

14:32 / 29.03.2025
“Mening vazifam futbolchilarning ishini osonlashtirish” – Temur Kapadze

21:08 / 28.03.2025
Tehron endi qo‘rqinchli emas. O‘zbekistonni mundialga yaqinlashtirgan o‘yin haqida

15:16 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan

17:29 / 22.03.2025