Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:13 / 20.06.2023
14140
2 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda 7 ta tumandagi 12 mahallada elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent shahrida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari sabab yettita tumandagi 12ta MFY ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Bugun, 20 iyun kuni Toshkent shahridagi qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Hududlar ro‘yxati:
- Chilonzor tumanining: «Qozirobod» hamda «Ko‘rkam» MFY ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
- Yangihayot tumanining: «Xo‘jauchqun» va «Viqor» MFY ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
- Shayxontohur tumanining: «Chorsu» va «Beltepa» MFY ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Bektemir tumanining: «Nurliyo‘l» va «Zabardast» MFY ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
- Yashnobod tumanining: «Mirishkor» MFY ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumanining: «Mevazor» va «Zakovat» MFY ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
- Uchtepa tumanining: «Nishabariq» MFY ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
09:46
Har bir rahbar bittadan mahallaga mas’ul bo‘ladi
18:42 / 16.07.2026
Prezident mahallalarda jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi
17:37 / 16.07.2026
Mahallada ishni to‘g‘ri tashkil qilmagan 152 nafar rahbar ishdan olindi
23:12 / 28.06.2026