Jahon | 16:59 / 21.06.2023
15032
5 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bo‘ylab zarbalar va Donbassdagi janglar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 482-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF Davlat dumasi sudlangan odamlar bilan harbiy shartnomalar tuzishga va «maxsus harbiy amaliyot» ishtirokchilarini kichik va o‘rta og‘irlikdagi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikdan ozod etishga ruxsat berdi.
  • Kreml aholisi Ukraina bilan urushdan jiddiy jabr ko‘rayotgan regionlar rahbarlariga halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning nekrologlarini e’lon qilmaslik bo‘yicha tavsiya bergan, bu haqda «Verstka» surishtiruvida aniqlangan.
  • Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov 21 iyundan Shebekinoda kirish va chiqishda propusk rejimi bekor bo‘lishi haqida e’lon qildi.
  • «Fontanka» Ukrainaning yozgi qarshi hujumi vaqtida Zaporijjya oblasti hududida halok bo‘lgan rossiyalik general-mayor Sergey Goryachevning qabri aks etgan fotosuratni e’lon qildi. RF mudofaa vazirligi uning o‘limi haqida rasman xabar bermagan.
  • Yevroittifoq Ukrainaga 50 milliard yevrolik moliyaviy yordam ajratadi, bu haqda Bloomberg xabar berdi.
  • Pentagon Ukrainaga harbiy yordam qiymatini qayta baholadi va xatolik bilan uni 6 milliard dollardan ortiqqa baholaganini aniqladi.
  • Amerikaning General Electric kompaniyasi Rossiya issiqlik elektr stansiyalarining (IES) gaz turbinalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi.

Kun kadri. Xerson oblastidagi fermer 

Xerson oblastidagi fermer traktorni boshqarmoqda. Ufqda navbatdagi raketa zarbasidan keyingi tutun ko‘rinmoqda.
Andrii Dubchak / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyevga dronlar hujumi

 

20 iyunga o‘tar kechasi Kiyev osmonida rossiyaliklar droni portlashi. Shu kuni Rossiya qo‘shini yana bir bor ukrain shaharlarini raketa va dronlar bilan o‘qqa tutdi. Ukraina tomoni ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q, ammo xususiy uylar, odamlar yashamaydigan binolar va «o‘ta muhim obektlar» shikastlangan. Ukraina hukumati rossiyaliklar dronlari muvaffaqiyat bilan urib tushirilganini xabar qilgan.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimolidagi ukrain askarlari 

Ukrainaning Oleksi Dovbush nomidagi 68-alohida yegerlar brigadasi harbiysi tungi navbatchilikdan keyin dam olmoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrainaning knyaz Konstantin Ostrojskiy nomidagi 30-alohida mexanizatsiyalashgan brigada harbiysi o‘ziyurar artilleriya qurilmasida. U rossiyaliklarning Donetsk oblastidagi pozitsiyasiga o‘t ochishga tayyorlanmoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari 30-brigadasi artilleriyasi rossiyaliklarning Donbassdagi pozitsiyalariga zarba yo‘llamoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Zaporijjya oblastiga zarba oqibatlari 

Raketa zarbasi tufayli hosil  bo‘lgan o‘ra. O‘tgan kun davomida Rossiya Zaporijjya oblastining qariyb 20 ta aholi yashash manzillarini o‘qqa tutdi, deya xabar qildi oblast harbiy ma’muriyati rahbari Yuriy Malashko. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy aholi vakillaridan to‘rt kishi jabrlangan. Shuningdek, ko‘plab turar joy binolari, omborxonalar, avtomobillar va kommunikatsiya tarmoqlari shikastlangan.
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Kiyevdagi dafn marosimi

 

Kiyevdagi Mustaqillik maydonida ovoz rejissyori Ivan Shulga bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. U RF armiyasining keng ko‘lamli bosqinining ilk kunlarida frontga yo‘l olgandi. U Chasiv Yar atrofida halok bo‘lgan. Ivan 34 yoshda edi, uning rafiqasi va to‘qqiz yoshli o‘g‘li sag‘ir qoldi.
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA

Ivan Shulgani Kiyevdagi Berkovetskiy qabristonining Qahramonlar xiyoboniga dafn etishdi
Roman Pilipey / Getty Images

Mavzuga oid