Milliy gvardiyaga 16 ta holat bo‘yicha huquqbuzarlik ishlarini yuritish vakolati berildi
13 ta moddada hujjatlarni rasmiylashtirib sudga yuborish vakolati belgilangan bo‘lsa, ko‘rib chiqib jarima jazosi tayinlash vakolati berilgan moddalar 4 tani tashkil etadi.
Milliy gvardiya organlariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 16 ta moddasi bo‘yicha huquqbuzarliklarga doir ishlarni yuritish vakolati berildi. Bu haqda Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Yangi qonun bilan Milliy gvardiya organlariga MJtKning 16 ta moddasi bo‘yicha huquqbuzarliklarga doir ishlarni yuritish vakolati berildi.
Shundan 13 ta moddada hujjatlarni rasmiylashtirib sudga yuborish vakolati belgilangan bo‘lsa, ko‘rib chiqib jarima jazosi tayinlash vakolati berilgan moddalar 4 tani tashkil etadi.
Mayda bezorilik, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish, voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish kabi ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish, bayonnomalar tuzish va ularni ko‘rib chiqish uchun sudga yuborish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berildi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari bilan belgilangan reja asosida muntazam ravishda milliy qonunchilikni, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashni, huquqiy sohalarda harbiy xizmatchi va xodimlar harakatining asosiy standartlari va modellarini o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:57 / 29.10.2024
Skuter va samokatdagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi
17:05 / 14.08.2024
«Andijon» futbolchisi Milliy gvardiya xodimini urdi
21:09 / 25.07.2024
Farg‘ona buyum bozorida tadbirkorlar va ma’muriyat o‘rtasida nizo kelib chiqdi
09:55 / 15.07.2024