Jamiyat | 16:00 / 22.06.2023
24637
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonda avtomobilga buyurtma berishning yangi “Uklon” onlayn-xizmati ishga tushdi

Foto: Uklon

Bugundan boshlab O‘zbekistonda avtomobilga buyurtma berish bo‘yicha yangi texnologik “Uklon” onlayn-xizmati ishga tushdi. Xizmatning o‘ziga xos xususiyati har bir aniq sayohat uchun belgilanadigan tushunarli narxdir.

Avtomobilga onlayn buyurtma berish uchun O‘zbekistondagi foydalanuvchilar ikkita ilovadan – yo‘lovchilar uchun “Uklon” ilovasi va haydovchilar uchun “Uklon Driver” ilovasidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Uklon ilovasini iOC va Android mobil qurilmalariga yuklab olish mumkin bo‘ladi. Ilovani o‘rnatish orqali foydalanuvchilar dastlabki uchta sayohat uchun 35% gacha chegirmaga ega bo‘lishadi.

“Uklon”dan foydalanuvchi doimo qulaylikda — u sayohatning yakuniy narxini biladi, narx hatto tirbandlik tufayli ham o‘zgarmaydi, lekin kutish vaqti tufayli o‘zgarishi mumkin. Yo‘lovchi narxga rozi bo‘lib, buyurtma bergandan so‘ng, yo‘lovchi uchun narx o‘zgarmaydi. Bundan tashqari, yo‘lovchi sayohat narxini nazorat qiladi: agar u mashinani uzoqroq kutib turishga tayyor bo‘lsa, narxni pasaytirish yoki shoshayotgan bo‘lsa, uni oshirishi mumkin.

“Uklon” xizmatni ishga tushirishning dastlabki oylarida har bir bajarilgan buyurtma uchun va avtomobilni brend bezagida yasattirgani uchun bonuslar oladigan haydovchilar uchun ham qulay. Bundan tashqari, kompaniya litsenziya va moslashuvchan shartlar va ish sektorini boshqarish qobiliyatiga ega haydovchilarga qo‘shimcha bonuslar beradi. Masalan, shaharning istalgan hududida harakatni qulay rejalashtira olish qobiliyati uchun.

“Uklon” Ukrainada xizmat ko‘rsatish hajmi va sifati bo‘yicha ham yuqori natijalarga erishgan. Biz yuqori salohiyatga ega qator mamlakatlarga sarmoya kiritib, faol ravishda kengayishga qaror qildik. Jahonda buyuk tarixiga ega, bugungi kunda jadal rivojlanayotgan O‘zbekistonda biz katta salohiyat ko‘ramiz. Biz O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlardan ilhomlanib, biznesga, Toshkent iqtisodiyotiga, ish o‘rinlari va, albatta, sifatli xizmat ko‘rsatishga sarmoya kiritishga qaror qildik. Ishonchim komilki, biz toshkentliklar uchun birinchi darajali xizmatni taqdim eta olamiz”, - Sergey Smus, “Uklon” hammuallifi.

“Uklon” bu — Ukrainaning IT-mahsulot kompaniyasi bo‘lib, u avtomobillarga onlayn buyurtma berish xizmatini taqdim etadi. Bundan 13 yil avval “Uklon” IT-sohasidagi yosh iste’dodli yigitlarning kapital qo‘yilmalari asosida startap sifatida tashkil etilgan edi. 200 000 dollarlik dastlabki sarmoyadan bugungi kunda kompaniya jahon gigantlari bilan muvaffaqiyatli raqobatlashadigan jiddiy texnologiya o‘yinchisiga aylandi. Bugungi kunda “Uklon” Ukraina va Ozarboyjonda faoliyat yuritadi va yangi bozorlarga chiqadi. Uklon ilovasi 12 milliondan ortiq yuklab olingan va platformada 100 000 dan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan haydovchilarga ega.

“Uklon” Forbes jurnaliga ko‘ra eng yaxshi 30 ta TOP-startaplardan biri. Bundan tashqari, kompaniya bir necha bor eng yaxshi ish beruvchi va ijtimoiy mas’uliyatli tadbirkor sifatida turli tanlovlar g‘olibi deb topilgan. Kompaniya ushbu falsafa va yondashuvni yangi bozorlarga olib chiqadi va ular mehmondo‘stlik bilan qabul qiladigan mamlakatlar madaniyatini hurmat qiladi.

Reklama

Mavzuga oid