Zara Laklan ismli britaniyalik qiz eşkakli qayiqda Atlantika okeani böylab 7 ming kilometrni bosib ötgan holda, Yevropadan Janubiy Amerikaga yolğiz sayohatni amalga oşirgan tarixdagi eng yoş insonga aylandi. Bu işi uçun u Ginnesning rekordlar kitobiga uçta nominatsiya böyiça kiritildi.

21 yoşli Laklan özining eşkakli qayiğida Portugaliyaning Laguş şahridan start olgan hamda 97 kun, 10 soat va 20 daqiqada Fransiya Gviannasi poytaxti Kayenna şahri qirğoqlariga yetib borgan.

Şunday qilib, u Atlantika okeanini bir materikdan ikkinçisiga eşkakli qayiqda suzib ötgan birinçi ayolga aylandi. Şuningdek, Laklan bu turdagi yolğiz sayohatni amalga oşirgan eng yoş sportçi va eng yoş inson deb ham topildi.

Zara öz sayohati davomida kuniga kamida 17 soat eşkak eşgan va uning har bir uyqusi davomiyligi 90 daqiqadan oşmagan.

«Bu hamma uçun emas, lekin men yoşman va bilamanki, özimning şu qadar kam uxlaşimga yöl qöya olaman», — deydi Zara öz taassurotlari bilan örtoqlaşar ekan.