O‘zbekiston | 09:15 / 23.06.2023
8178
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosidan foydalanuvchilar soni 33,5 foizga oshdi

Metropoliten 2023 yilning dastlabki 5 oyida 68,5 mln nafar yo‘lovchini tashigan. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,5 foizga ko‘p.

Foto: Kun.uz

Toshkent metropolitenida 2023 yilning yanvar-may oylarida 68,5 million yo‘lovchi tashildi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,5 foizni tashkil etgan (51,3 million yo‘lovchi).

Eng ko‘p yo‘lovchi oqimi may oyida kuzatilgan: o‘tgan oy metrodan 15,8 million yo‘lovchi foydalangan.

Oylar kesimidagi ko‘rsatkichlar:

  • yanvar – 10,4 mln;
  • fevral – 13,7 mln;
  • mart – 14,6 mln;
  • aprel – 14,0 mln
  • may – 15,8 mln yo‘lovchi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropoliteni yil oxirigacha Rossiyadan 56 ta yangi vagon (14 ta tarkib) qabul qilib olishi belgilangan.

Avvalroq, may oyida Toshkent avtobuslari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 63 foizga ko‘p yo‘lovchi tashigani xabar qilingandi.

Mavzuga oid