O‘zbekiston | 14:58 / 23.06.2023
11705
1 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘lda 15 gektar g‘alladan bo‘shagan yer maydoni yonib ketdi

Yangiyo‘l tumanida g‘alladan bo‘shagan yer maydonida yirik yong‘in sodir bo‘ldi.

Bugun, 23 iyun kuni soat 11:33 da Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani «Said ota» MFY hududidagi yo‘l yoqasida taxminan 15 gektar g‘alladan bo‘shagan yer maydonda yong‘in sodir bo‘lgan.

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:56 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:10 da o‘rab olingan va 14:10 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha dehqonlar, fermerlar va fuqarolardan g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yong‘indan saqlash ishiga mas’uliyat bilan qarashni so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid