Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Nazarboyevga qo‘ng‘iroq qilib, Belarus–Qozog‘iston aloqalarini muhokama qildi
Bunga Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi munosabat bildirib, Qozog‘iston–Belarus munosabatlari “faqatgina amaldagi prezidentlar o‘rtasida” muhokama qilinishi mumkinligini qayd etdi.
Foto: Mikhail Svetlov / Getty Images
25 iyun kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “Pul pervogo” kanali xabar berdi.
“Xalqaro kun tartibi, mintaqadagi vaziyat va Belarus-Qozog‘iston munosabatlari muhokama qilindi”, – deyiladi xabarda.
Qozog‘istonlik jurnalistlar 26 iyun kungi matbuot anjumanida Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarovdan bu borada izoh berishini so‘radi.
“Belarus prezidenti sobiq prezidentimizning azaliy do‘sti hisoblanadi. Ularda doim o‘zaro gaplashadigan gaplari bo‘lgan. Shu bilan birga, o‘zingizga ham ma’lumki, tashqi siyosat, xususan xorijiy davlatlar bilan munosabatlarni belgilash Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning vakolatida. Shundan kelib chiqqanda, Qozog‘iston–Belarus munosabatlari faqatgina amaldagi prezidentlar o‘rtasida muhokama qilinishi mumkin”, – dedi TIV so‘zchisi.
Smadiyarovning qo‘shimcha qilishicha, ikki davlat munosabatlari strategik xarakterga ega.
“Kun tartibida muammoli masalalr yo‘q. Barcha darajalarda doimiy va reja bo‘yicha bir martalik aloqalar saqlanib turibdi”, – dedi diplomat.
Mavzuga oid
18:20 / 06.01.2026
Nestle xavfli toksin tufayli Qozog‘istonda savdoga chiqqan bolalar ozuqasini qaytarib oladi
18:53 / 05.01.2026
To‘qayev MDH davlatlari prezidentlari qanday sport turi bilan shug‘ullanishini aytdi
15:24 / 31.12.2025
Lukashenko 20 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
13:34 / 31.12.2025