Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada talabalarni o‘g‘irlaganlikda ayblanib, 8 nafar harbiy hibsga olindi
Meksika Bosh prokuraturasi 2014 yilda Ayotzinap kollejining 43 talabasini o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 16 ta hibsga olish orderini tikladi.
Meksikada 2014 yilda 43 talabaning o‘g‘irlanishiga aloqadorlikda ayblanib, sakkiz nafar harbiy xizmatchi qo‘lga olindi. Bu haqda 27 iyun, seshanbaga o‘tar kechasi mamlakat tashqi ishlar vazirining migratsiya va inson huquqlari bo‘yicha o‘rinbosari Alexandro Ensinas Twitter’da ma’lum qildi.
Gumonlanuvchilar o‘tgan haftada Bosh prokuratura 2022 yil sentabr oyida chiqarilgan, ammo keyinchalik bekor qilingan hibsga olish to‘g‘risidagi 16 ta orderni tiklaganidan so‘ng hibsga olingan.
Qayd etilishicha, hozirda tergov izolyatorlarida to‘rt nafar harbiy xizmatchi, jumladan, tergovga ko‘ra, olti nafar talabani o‘ldirish haqida buyruq bergan bir komandir bor. Yana sakkiz nafar harbiyga nisbatan hibsga olishga order berildi.
Meksika janubidagi Iguala shahrida joylashgan Ayotzinap kolleji talabalari 2014 yil 27 sentabrga o‘tar kechasi g‘oyib bo‘ldi. Ular Mexikodagi namoyishda qatnashmoqchi bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, talabalar politsiya xodimlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan, keyinchalik Meksikadagi Guerreros Unidos giyohvandlik karteli vakillariga topshirilgan, ular, o‘z navbatida, yoshlarni raqib jinoiy to‘da a’zolariga aloqador deb hisoblagan.
2022 yil avgust oyida 43 nafar Ayotzinap talabasi ishi bo‘yicha Haqiqatni aniqlash va adolatga erishish komissiyasi yoshlar hayotdan ko‘z yumgan bo‘lishi mumkinligini e’lon qildi. O‘shanda Meksika tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alexandro Ensinas aytganidek, o‘g‘irlanganlar «davlat jinoyati» qurboni bo‘lgan.
2022 yil mart oyida, shuningdek, Meksika dengiz piyoda askarlari va armiya mansabdor shaxslariga qarshi yo‘qolgan talabalar ishi bo‘yicha tergov olib borilayotgani xabar qilingan edi, ular dalillarni soxtalashtirishda gumon qilinmoqda.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026