Vengriya: YeKda Ukrainaga 50 milliard yevro ajratish imkoniyati yo‘q
Yevrokomissiya Ukrainaga 50 milliard yevro ajratish va muhojirlarni Yevropaga majburiy joylashtirish uchun mablag‘ ajratishni nazarda tutuvchi budjetga o‘zgartirishlar kiritishga erisha olmaydi. Bu haqda Bryusseldagi Yevropa Ittifoqi sammitida ishtirok etayotgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban «Koshut» radiostansiyasi efirida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi budjetiga tuzatishlar tayyorlagan, biroq ularning qabul qilinishiga «imkoniyat yo‘q».
Bosh vazirning tushuntirishicha, ushbu tuzatishlarni amalga oshirish uchun YeIning barcha 27 davlati yetti yillik budjetni to‘ldirishi zarur, biroq so‘nggi bir yarim yil ichida YeI a’zolari bu maqsad uchun 70 milliard yevro ajratgan.
«Pullar qayerga ketganini bilmaymiz. Ularni kim nazorat qilishi va bu mablag‘lar nimaga sarflanishi ham noma’lum», — dedi Orban.
Uning qo‘shimcha qilishicha, «muhojirlarning Yevropaga kelishini osonlashtirish uchun» yana katta summa so‘raladi, ammo bu ham «mutlaqo bema’nilik». Yevrokomissiya pullar qayerga ketgani va ikki-uch yil ichida Yevropa Ittifoqi bankrot bo‘lish xavfi ostida qolgani uchun kim javobgar ekanligini ma’lum qilishi kerak, deya ta’kidladi Vengriya hukumati rahbari.
Ayni paytda, Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko Yevropa Ittifoqi Ukrainaga va’da qilgan 50 milliard yevro yetarli bo‘lmasligini aytdi.
Mavzuga oid
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
14:56 / 12.11.2024