Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Makron muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazishi mumkin
Agentlik manbalariga ko‘ra, saylovlar o‘tkazish g‘oyasi Emmanuel Makronda Fransiyaning xalqaro maydondagi ta’siri oshib borayotgani sabab paydo bo‘lgan.
Foto: Reuters
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron shu yilning kuzida mamlakatda muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish «imkoniyatini o‘rganmoqda». Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Fransiyada keyingi parlament saylovlari 2029 yilda o‘tkazilishi kerak. Ammo agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, prezident Makron o‘zining «yaqin doirasi» bilan muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Muddatidan oldin parlament saylovlarining yana bir varianti ularni 2026 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan munitsipal saylovlar bilan birlashtirish bo‘lishi mumkin.
Manbalarga ko‘ra, muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish g‘oyasi prezidentda Fransiyaning xalqaro maydondagi ta’siri oshib borayotgani sabab paydo bo‘lgan. O‘z navbatida bu Emmanuel Makronning mamlakat ichidagi obro‘sining oshiga olib kelgan.
Makron o‘tgan yilning dekabrida mamlakatning asosiy partiyalari yetakchilariga 2027 yilda prezidentlik vakolatlari tugagunga qadar navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazmaslikka harakat qilishini aytgandi.
Prezident ma’muriyati muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishiga oid xabarlarga izoh bermagan, ammo Makronga yaqin manbaning ma’lum qilishicha, u hozircha bu boradagi saylovlarni o‘tkazishni rejalashtirmayapti.
Mavzuga oid
14:45 / 14.01.2026
Le Pen apellyatsiyasi: prezidentlik saylovi masalasi sudda hal bo‘ladi
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
13:13 / 10.01.2026