Fransiyalik olimlar akulalar xulq-atvori ustida keng kölamli tadqiqotlar ötkazib, yirtqiçlar hujumida köpinça odamlarning özlari aybdor ekanini aniqladi. Sönggi yillarda tobora köpayib borayotgan hujumlar esa ijtimoiy tarmoqlar va taniqli şaxslar sabab yuzaga kelmoqda.
Orollarni örganiş va atrof-muhit observatoriyasi markazining katta ilmiy xodimi Erik Kluaning ta’kidlaşiça, aslida akulalar odamlarga hujum qilişga moyil emas, hujumlarning katta qismi — qörqib ketgan yirtqiçning özini himoya qiliş instinktidir. «Ijtimoiy tarmoqlardagi köplab maşhur insonlar qilganidek, akulalar xavfsiz ekanini isbotlaşga urinib, ularning yelka suzgiçiga yopişib oliş yoki silaşni tavsiya qilmayman», — deydi u.
Uning sözlariga köra, odamlar Yorkşir tereri va pitbulni farqlay oladi, şu bois ularning ikkinçisini silaş uçun yoniga bormaydi. Ammo akulalarni umuman farqlay olmaydiganlarda bu mantiq negadir işlamay qoladi.
Tadqiqotda ta’kidlanişiça, akulalar odatda xavfni his qilsa, hujum uyuştiradi. Qurbonlar asosan turistlar, şuningdek, oçiq dengizdagi baliqçilar böladi — akulalar ularni yegulik yoki öz hududi uçun raqib sifatida qabul qiladi. Şu bilan birga, olimlarning aniqlaşiça, akulalar özini himoya qiliş vaqtida heç qaçon darhol hujumga ötmaydi, avvaliga odam bilan aloqadan qoçişga urinadi. Bu kabi holatda ular qattiq tişlamaydi va oğir jarohatlarni yuzaga keltirmaydi. Bu akulalarning ov vaqtidagi hujumlaridan butunlay farq qiladi — bunday holatda ölja öldirilişi va yeyilişi kerak.

















