Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada tartibsizliklar tufayli ommaviy tadbirlar bekor qilindi
Fransiyada politsiyachi tomonidan o‘smir otib o‘ldirilganidan keyin boshlangan tartibsizliklarga qarshi kurashga 45 ming politsiyachi jalb qilinadi, dedi ichki ishlar vaziri Darmanen.
Fransiya hukumati ketma-ket uch kecha davom etgan ko‘cha tartibsizliklari fonida barcha ommaviy tadbirlarni bekor qilishga va butun mamlakat bo‘ylab 21:00 dan boshlab yerusti jamoat transporti faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda 30 iyun, juma kuni kechqurun Fransiyaning AFP axborot agentligi xabar berdi.
Bundan tashqari, politsiyachi 17 yoshli avtomashina haydovchisi Nael M.ni otib o‘ldirganidan keyin 27 iyun oqshomida boshlangan tartibsizliklarga qarshi kurashda jandarmeriya zirhli texnika va vositalari qo‘llaniladi. Bu haqda Fransiya bosh vaziri Elizabet Born ma’lum qildi.
O‘z navbatida, mamlakat Ichki ishlar vazirligi rahbari Jyerald Darmanen 30 iyun kuni kechqurun TF1 telekanali efirida chiqish qilib, 1 iyulga o‘tar kechasi ko‘chalarda tartibni ta’minlash maqsadida 45 ming politsiyachi jalb etilishini aytdi. Taqqoslash uchun: 29 iyundan 30 iyunga o‘tar kechasi shu maqsadda 40 ming politsiyachi jalb qilingan edi.
O‘smir bilan bog‘liq fojia 27 iyun kuni yuz bergan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, mashinani boshqarayotgan Nael M. ismli yigit uning talablarini bajarishdan bosh tortgan. Fransiyaning Rfi internet nashri xabariga ko‘ra, yosh haydovchini otgan 38 yoshli politsiyachi qasddan qotillikda gumon qilinib, hibsga olingan.
27 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda voqea aks etgan video tarqaldi. Undan ko‘rinib turibdiki, sariq rangli mashinani tekshirish vaqtida politsiyachilardan biri haydovchiga qurol o‘qtalib turgan. Mashina uzoqlashayotganda politsiyachi o‘q uzgan va haydovchining ko‘kragini nishonga olgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar Naelni qutqara olmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u bilan birga mashinada yana ikki kishi bo‘lgan. Ulardan biri qochishga muvaffaq bo‘lgan, ikkinchisi - voyaga yetmagan shaxs, qo‘lga olingan, ammo 29 iyun kuni erta tongda qo‘yib yuborilgan.
Mavzuga oid
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026