Syndsvenskan nashriga bergan intervyusida Billstryom «Qur’onning yoqilishi mamlakatning ijobiy imijiga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin», degan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hukumat mamlakat obro‘-e’tiborini qutqarib qolish uchun bor harakatlarni ayamaydi.
«Agar Shvetsiyani keyinchalik ham islomofobiyada ayblaydigan bo‘lishsa, uzoq muddatli istiqbolda bu mamlakatning dunyodagi ijobiy imijiga aks ta’sir ko‘rsatadi.
Bu voqea Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishida qanday oqibatlar keltirib chiqarishini oldindan aytish qiyin. Lekin mana shu holatda ham hukumat so‘z erkinligini himoya qilishi ham muhim vazifa hisoblanadi», — degan qirollik diplomatiyasi rahbari.
Avvalroq Shvetsiya TIV Qurbon hayitining ilk kunida Stokholmda Qur’onning yoqilishini qoralab rasmiy bayonot bergan edi.
Bu voqea yuzasidan Shvetsiya hukumatini tanqid ostiga olib, bir qator davlatlar, jumladan, Turkiya, Iroq, Eron, Pokiston, Indoneziya, Afg‘oniston, AQSh va Rossiya qarshi chiqish qildi.
«Shvetsiyada Qur’onga nisbatan qabih hujum barchamizni g‘azablantirdi. Bu islomofobiya bilan sug‘orilgan, negizi nafrat bo‘lgan jinoyatdir. Erkinlik bunaqa bo‘lmaydi», — degan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
Stokholmdagi voqeaga e’tiroz sifatida Eron poytaxti Tehrondagi Shvetsiya elchixonasi ro‘parasida namoz vaqtlarida Qur’on ovoz kuchaytirgichlarda jonli o‘qib turilgan. Iroqda esa Shvetsiya elchixonasi joylashgan ko‘chada norozilik namoyishlari o‘tkazildi.
Islom hamkorligi tashkiloti ham Shvetsiyadagi voqeadan so‘ng tashkilotga a’zo davlatlarni «Qur’on nusxalarining kelgusida tahqirlanishining oldini olish uchun birgalikdagi jamoaviy choralar ko‘rish»ga chaqirdi.
Tashkilot bosh kotibi Hussayn Ibrohim Toho «favqulodda chaqirilgan yig‘ilish» chog‘ida «Qur’onni tahqirlash — shunchaki islomofobiyaning oddiy ko‘rinishi sanalmasligi haqida aniq signal jo‘natish» zaruriyatini ta’kidlagan.
«Biz xalqaro hamjamiyatga har qanday diniy toqatsizlik va nafrat propagandasini aniq taqiqlovchi xalqaro huquqni kechiktirmasdan qo‘llash kerakligini doimo eslatib turishimiz kerak»,














