O‘zbekiston | 18:40 / 04.07.2023
4429
2 daqiqa o‘qiladi

Sadaqayrag‘och kesgan fuqaroga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

4 tup qimmatbaho daraxtni kesgan fuqaro zararni ham qoplaydigan bo‘ldi. 

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudida 4 tup qimmatbaho sadaqayrag‘och daraxtini kesgan fuqaroga hukm o‘qildi. Unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi va qariyb 327 mln so‘m zararni undirish belgilandi.

Qayd qilinishicha, 2023 yil 2 mart kuni Namangan tumani Ekologiya bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reydda B.M. tomonidan yoshi 100 yilga yaqinlashgan 4 tup qimmatbaho sadaqayrag‘och daraxti kesib yuborilgani va o‘simlik dunyosiga 326,8 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlangan.

Tuman prokuraturasi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Jinoyat ishi tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqildi va B.M. aybdor deb topilib, unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni undirish belgilandi.

 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid