Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari Xorazmdagi tayyorlash markazida tahsil oldi
O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy xizmatchilari Xorazm viloyatidagi tayyorlash markazida tahsil oldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Foto: mudofaa.uz
O‘quv kursi dasturiga muvofiq ikki davlat harbiy xizmatchilari sahroda cho‘l sharoitida niqoblanishi hamda shaxsiy tarkib joylashishi uchun sharoitlarni yaratish, shartli yaradorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va qo‘lbola tibbiyot buyumlarini yasash bo‘yicha amaliy mashqlarni bajardi.

Kurs yakunida bo‘linmalar bir necha kilometrli razvedka-qidiruv harakatlarini amalga oshirib, yo‘nalishda mavjud suvli to‘siqlardan o‘tishni amalda qo‘lladi.

Ikki davlat harbiylari yaqin jangda bir-birini himoya qilgan holda jangovar qurollarni qo‘llash, yaradorlarni jang maydonidan olib chiqish va ularga tibbiy yordam ko‘rsatishni ham mashq qildi.
Mavzuga oid
19:10 / 21.02.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l tashuvlari hajmini oshiradi
22:36 / 19.02.2026
Qozog‘iston va yana to‘rt davlat G‘azodagi xavfsizlik kuchlariga qo‘shin yuboradi
09:36 / 14.02.2026
Qozog‘istonlik sportchi Olimpiada-2026da oltin medalni qo‘lga kiritdi
17:07 / 12.02.2026