Sport | 19:20 / 08.07.2023
19835
3 daqiqa o‘qiladi

«Yangi chaqiruvni qabul qilish mavridi yetdi». De Xea 12 yillik faoliyatidan keyin «MYu» bilan xayrlashdi

«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea 12 yillik faoliyatidan keyin klub bilan xayrlashganini e’lon qildi.

Foto: Getty Images

«O‘tgan 12 yil davomidagi menga nisbatan mehr va muhabbat uchun sizlarga minnatdorchiligimni yetkazmoqchiman. Men uchun qadrli bo‘lgan ser Aleks Fergyuson meni bu klubga taklif etgach, hozirgacha ko‘p narsaga erishdik. Har safar bu klub libosini kiyganimda faxr va g‘urur hissini tuyganman. 

Bu yerga kelganimdan keyin o‘tgan davr men uchun muvaffaqiyatli va unutilmas bo‘ldi. Madridni tark etgan bolakay sifatida Manchesterda hozirgi darajamga yetishim haqida o‘ylamagandim. 

Hozirga kelib yangi chaqiruvni qabul qilish, o‘zimni yangi muhitda sinab ko‘rishning mavridi yetdi. Manchester har doim mening yuragimda bo‘ladi, Manchester meni ulg‘aytirdi va hech qachon tark etmaydi. 

Biz buning barchasiga guvoh bo‘ldik», - deya yozadi David De Xea «tvitter»dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik 32 yoshli darvozabonning «MYu» bilan amaldagi kelishuvi 1 iyul kuni yakuniga yetgandi. U 2011 yil «Atletiko»dan «Yunayted»ga o‘tgach, 445 o‘yinda maydonga tushib APL chempioni, Angliya kubogi, Liga kubogi, Angliya Superkubogi sohibi va Yevropa ligasi g‘olibiga aylandi. 

Avvalroq, «MYu» bosh murabbiyi Erik ten Hag De Xea o‘rniga «Inter» darvozaboni Andre Onanani taklif etishni rejalashtirgani haqida xabar qilingandi.

Mavzuga oid