O‘zbekiston | 09:16 / 10.07.2023
4038
1 daqiqa o‘qiladi

Ayrim xodimlarga uy ijarasi uchun kompensatsiyadan soliq undirilmaydi

Ayrim xodimlarga uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasidan daromad solig‘i undirilmaydi.

Foto: Kun.uz

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagilarga to‘lanadigan boshlang‘ich yordam pulidan hamda uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasidan daromad solig‘i undirilmaydi:

olis, borish qiyin hududlardagi budjet bakalavriat yoki magistraturani tamomlagandan 3 yilda ishga qabul qilingan xodimlarga;

olis va borish qiyin hududlardagi shifokorlik punktlari va poliklinikalarga, ta’lim muassasalariga ishga kirgan, boshqa hududlarda yashaydigan oliy ma’lumotli shifokorlarga va mutaxassislarga.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid