Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Afrika BRICS sammitini yuzma-yuz formatda o‘tkazadi – Putin boradimi?
Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish haqida order bergan bo‘lsa-da, Janubiy Afrika (JAR) BRICS sammiti yuzma-yuz o‘tkazilishini ma’lum qildi. JAR XJS orderini bajarishga majbur.
Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) avgust oyi oxirida Yohannesburgda bo‘lib o‘tadigan BRICS sammiti (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) formatini tasdiqladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Siril Ramafosa aytib o‘tdi. Uning so‘zlarini Euronews keltirdi.
Bo‘lajak tadbir assotsiatsiyaga a’zo mamlakatlar rahbarlarining jismoniy ishtirokida yuzma-yuz o‘tkaziladi.
«Hammamiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yuzma-yuz muloqot qilishimiz mumkin bo‘lgan uchrashuv o‘tkazishga qaror qildik», deb tushuntirdi Ramafosa. U sammitning videoaloqa formatida o‘tkazish imkoniyatini istisno qildi.
Avvalroq, Niderlandiyaning Haaga shahrida joylashgan Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainadagi bolalarni noqonuniy deportatsiya qilganlikda gumonlab, hibsga olishga order bergan edi. Unga ko‘ra, Rim statutini imzolagan 123 ta davlat order talabini bajarishga majbur. Ular orasida JAR ham bor.
Vladimir Putin JAR raisligida o‘tishi kutilayotgan BRICS sammitiga taklif olgan. Ammo uning ishtirok etish masalasi yoki qanday formatda ishtirok etishi hozircha aniq emas.
XJS tomonidan Putinni hibsga olish haqida order berilgach, JAR noqulay vaziyatdan chiqib ketish uchun BRICS sammitini videoaloqa rejimida o‘tkazishi yoki Putinning videokonferensiya rejimida ishtirok etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Endi bu order aparteidga qarshi kurash davridan beri Kremlga yaqin bo‘lgan Pretoriya uchun diplomatik dilemma, deb hisoblamoqda Euronews.
Janubiy Afrika Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralamagani, lekin betaraf ekani va muloqotni afzal ko‘rishini aytgani uchun tanqid qilinadi.
O‘tgan oy Ramafosa Kiyev va Moskva o‘rtasida tinchlik o‘rnatish uchun Afrikaning yetti davlatidan Ukraina va Rossiyaga tinchlik delegatsiyasi tarkibida borgan edi.
BRICS sammiti 22-24 avgust kunlari o‘tishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026