Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Shveytsariya ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini tasdiqladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov tashrif bilan mamlakatda bo‘lgan Shveytsariya tashqi ishlar vaziri Ignasio Kassis bilan muzokaralar o‘tkazdi.
«Qadrli hamkasbim, Shveytsariya tashqi ishlar vaziri Ignasio Kassis janobi oliylari bilan uchrashishdan mamnun bo‘ldik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Ma’lum qilinishicha, tashqi siyosat idoralari rahbarlari siyosatdan tortib turizmgacha bo‘lgan keng qamrovli ikki tomonlama munosabatlarning kun tartibini muhokama qildi, O‘zbekiston va Shveytsariya Tashqi ishlar vazirliklari oldiga aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalarni belgilab oldi.
«O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixiga qiziqishi, mamlakatimizning barqaror rivojlanishi yo‘lidagi islohotlarni doimiy qo‘llab-quvvatlashi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yashil texnologiyalar, savdo va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga tayyorligi uchun vazir janoblariga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz», deydi Baxtiyor Saidov.
Shveytsariya tashqi ishlar vaziri Ignasio Kassis 5 iyul kuni tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Uning safari Samarqand viloyatidagi ikki tomonlama hamkorlik obektlariga tashrif bilan boshlandi. Toshkentda Shveytsariya delegatsiyasi O‘zbekiston hukumati, vazirlik va idoralarida ikki tomonlama uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
21:21 / 03.06.2026
Shveytsariyada yer ostida dunyodagi eng katta batareya qurilmoqda: u quyosh va shamoldan quvvat oladi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026