Gazprombank va «Ipoteka-bank» ATIB birgalikda texnik integrator – «Atmos» kompaniyasi bilan hamkorlikda bepul onlayn pul ötkazmalari xizmatini yölga qöydi. Endilikda Rossiyaning istalgan banki kartasi egasi Özbekistondagi istalgan bankning Uzcard va Humo kartalariga pul ötkazmalarini komissiya tölovlarisiz ötkazişi mumkin. Şu bilan birga, uşbu xizmat, pul ötkazmalarini bir zumda konvertatsiya qiliş orqali Özbekistondagi qabul qiluvçining mablağni darhol özbek sömida oliş imkonini beradi.

Ötkazmani qanday amalga oşiriş mumkin?

Rossiyaning istalgan bank kartasidan Uzcard va Humo kartalariga pul ötkazmasini amalga oşiriş uçun Gazprombank veb-saytiga kiriş va faqat qabul qiluvçining karta raqamini kiritiş lozim böladi. Xususan, jönatuvçi pul ötkazmasining sömdagi miqdorini ötkazma tasdiqlangunga qadar köriş imkoniyatiga ega böladi va pul ötkazmasi amalga oşirilgandan söng qabul qiluvçining kartasida mablağlar bir zumda aks etadi.

Qanday qilib qöşimça foyda oliş mumkin?

Endi Özbekistonga ötkazmalar nafaqat bepul, balki foydali ham böldi. Rossiyada Gazprombank #Rodneblizko kartasini rasmiylaştirib, jönatuvçi öz yaqinlariga pul ötkazmalarini özbek sömida nafaqat komissiyasiz, balki imtiyozli konvertatsiya stavkasidan foydalanib jönatişi ham mumkin böladi.

Barça qulayliklar hamda kartaning afzalliklari böyiça ma’lumotlarni batafsil Gazprombank veb-saytida bilib olişingiz mumkin.

«Ipoteka-bank» ATIB va Gazprombank nafaqat bepul pul ötkazmalari böyiça tezkor, foydali va qulay xizmatni taklif etadi, balki sizni yaqinlaringiz bilan yanada yaqinlaştirib, siz uçun haqiqatan ham qadrli bölgan vaqtingizni tejaydi!

Rossiyadan Özbekistonga bepul onlayn pul ötkazmalari böyiça qöşimça ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olişingiz mumkin: 1233 yoki +99878 150-11-22.