Jahon | 09:14 / 11.07.2023
5026
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya AQShni havo hududini buzishda aybladi

Shimoliy Koreya mudofaa vazirligi KXDR havo hududini buzgan Amerika razvedka samolyotini urib tushirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Foto: nypost

Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari va yetakchi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon AQShni mamlakatning eksklyuziv iqtisodiy zonasiga sakkiz marta kirganlikda aybladi. Bu haqda 11 iyul, seshanba kuni KXDR OAVga tayanib, Reuters xabar berdi.

AQSh kuchlari «noqonuniy bostirib kirishda» davom etsa, «juda muhim parvoz»ga duch kelishadi, dedi Kim bir kun avval AQSh Shimoliy Koreya havo hududini buzgani haqidagi ayblovlarni takrorlab. Bundan tashqari, Kim bunday samolyotlarni urib tushirish mumkinligini aytdi. 

«AQSh Harbiy-havo kuchlari strategik razvedka samolyotining urib tushirilishi kabi dahshatli voqea sodir bo‘lmasligiga kafolat yo‘q», deb aytgan Mudofaa vazirligining nomi oshkor etilmagan rasmiysi, uning bayonoti mahalliy nashrlar tomonidan tarqatilgan.

Pentagon Pxenyanning havo hududini buzganlik haqidagi ayblovlarini rad etdi va AQSh harbiylari xalqaro qonunlarga rioya qilishini aytdi. 

«Demak, bu ayblovlar - shunchaki ayblovlar», dedi AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Sabrina Singx jurnalistlarga. AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller Shimoliy Koreyani «eskalatsion harakatlardan tiyilishga» hamda «jiddiy va izchil diplomatiya bilan shug‘ullanishga» chaqirdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid