Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda noqonuniy yo‘l bilan olingan aktivlar davlatga qaytariladi
Bu haqdagi qonun davlat sektoridagi hokimiyat va kompaniyalar bilan bog‘liq bo‘lgan sobiq va amaldagi mansabdor shaxslarga, shuningdek, ularning atrofidagi shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev «Noqonuniy yo‘l bilan olingan aktivlarni davlatga qaytarish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
Hujjat davlat sektoridagi hokimiyat va kompaniyalar bilan bog‘liq bo‘lgan sobiq va amaldagi mansabdor shaxslarga, shuningdek, ularning atrofidagi shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Buning uchun gumonlanuvchilar umumiy qiymati 13 million minimal hisob ko‘rsatkichidan ortiq, ya’ni 44,85 milliard tenge yoki taxminan 100 million dollarga teng bo‘lgan aktivlari bo‘lishi kerak.
Hujjatga ko‘ra, Bosh prokuratura huzurida bu boradagi vakolatga ega bo‘lgan alohida idora tashkil etiladi.
Bundan tashqari, qaytarilgan aktivlarni boshqaradigan maxsus davlat jamg‘armasi va kompaniya tashkil etiladi.
Mutasaddilarning fikricha, bu mablag‘larni xalq farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirish, shuningdek, jarayonning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash imkonini beradi.
Mavzuga oid
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
18:53 / 10.06.2026