Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda pichoq va qaychi bilan qurollangan ikki ayol va bir erkak bosqinchilik sodir etdi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
2023 yil 30 iyun kuni taxminan soat 13:50 da 3 nafar noma’lum shaxs Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Dilbuloq mahallasida joylashgan xonadonlarnin biriga kelgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular u yerda vaqtincha ijarada yashab kelayotgan 61 yoshli Janubiy Koreya fuqarosi N.X. va uning qizi, 37 yoshli K.M. xonadon eshigini ochgan vaqtida qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i va qaychi bilan tahdid qilib, xonadonda bo‘lgan 3 dona uyali telefon apparati, 1 dona planshet, 1 dona noutbuk, 1700 AQSh dollari va 1 500 000 so‘m pul mablag‘larini egallab, hodisa bo‘lgan joyidan yashiringan.
Ushbu holatdan so‘ng, K.M. qonunbuzarlarni ta’qib qilib, ko‘chada yordam so‘ragani sababli, mazkur hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan bosqinchining biri ushlangan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida mazkur jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi, muqaddam sudlangan 39 yoshli D.A., uning birga yashovchi turmush o‘rtog‘i 22 yoshli L.A. va Toshkent shahar Yangihayot tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 29 yoshli A.R. (ayol) sodir etgani aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.A., L.A. va A.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda, ushbu shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026
“Toshkentni dunyodagi eng qulay shaharlardan biriga aylantiramiz” – hokim Shavkat Umrzoqov bilan suhbat
08:41 / 05.06.2026