Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xiva – 2024 yilda Islom dunyosining turizm poytaxti» xalqaro tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish choralari belgilandi
Xiva shahrining turistik salohiyatini xalqaro maydonda faol targ‘ib qilish maqsadida 2023-2024 yillarda bir qator tadbirlar o‘tkaziladi.
«Xiva – 2024 yilda Islom dunyosining turizm poytaxti» xalqaro tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolandi.
Qaror bilan xalqaro tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlandi. Shuningdek, chora-tadbirlar rejasi belgilandi.
Jumladan, 2024 yil mart oyida xalqaro tadbirning rasmiy ochilish marosimi hamda may oyida Xiva shahrida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi o‘tkaziladi.
Xiva shahrining turistik salohiyatini xalqaro maydonda faol targ‘ib qilish maqsadida 2023-2024 yillarda quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
- «Taste of Uzbekistan Festival» shiori ostida gastronomik festival;
- Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan «Strongmen» xalqaro bahodirlar o‘yini musobaqasi;
- «Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi» doirasidagi tadbirlar.
Fanlar akademiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Xorazm Ma’mun akademiyasi bilan birgalikda xalqaro tadbirga tashrif buyuradigan xorijiy mehmonlar foydalanishi uchun Xiva shahri haqida o‘zbek, rus, ingliz, arab va fransuz tillarida qo‘llanma ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026