Rossiya muxolifatçi Boris Nemsovning öldirilişi böyiça samarali tergov olib bormadi. Şu munosabat bilan, Inson huquqlari böyiça Yevropa konvensiyasining 2-moddasi («Yaşaş huquqi») buzilgan, Rossiya davlati jabrlanuvçi sifatida tan olingan siyosatçining qizi Janna Nemsovaga 20 ming yevro miqdorida tovon tölaşi kerak. Bunday qaror 11 iyul, seşanba kuni Strasburgdagi Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi (IHeS) tomonidan qabul qilindi.
Sudga köra, tergovçilar qotillikning ehtimoliy siyosiy sababi haqidagi versiyaga yetarliça e’tibor bermagan. «Sud, xususan, Rossiya rasmiylari suiqasdni kim uyuştirgani va buyurtma qilganini yetarliça tergov qilmaganini, suiqasdning ehtimoliy siyosiy motivi va unga ayrim davlat amaldorlarining aloqadorligi; janob Nemsovning öldirilişi uçun mukofot taklif qilingan bölişi mumkin bölganlarning maqsadi haqidagi da’volarni örganmaganini aniqladi», deyiladi sudning veb-saytida e’lon qilingan qarorga asosda.
«Janob Nemsovning öldirilişi siyosiy sabablarga köra sodir etilgan bölişi mumkinligi, şuningdek, ayrim davlat amaldorlarining voqealarga aloqador bölişi mumkinligi haqidagi iddaolar aql bovar qilmaydigan narsa emas, - deya bildirdi sud. - Janob Nemsov taniqli siyosatçi, Rossiyadagi muxolifat yetakçilaridan biri edi va u raqiblari, jumladan, Çeçenistonning yuqori martabali vakillari haqida juda tanqidiy gaplar gapirgan».
Bir neça yillar davomida Boris Nemsovning advokati bölgan va hozir Olga Mixaylova bilan birga Janna Nemsovaning manfaatlarini IHeSda himoya qilayotgan huquq himoyaçisi Vadim Proxorovning sözlariga köra, sudning Rossiyada muxolif siyosatçining öldirilişiga oid tergov böyiça qarori «fundamental xususiyatga ega» va «mutlaqo ramziy ahamiyatga ega». «Bu haqiqatan ham Yevropa sudi himoya dalillarini qabul qilganidan dalolatdir», - dedi u DW naşriga bergan intervyusida.












