Jahon | 09:13 / 12.07.2023
7032
3 daqiqa o‘qiladi

Yyens Stoltenberg Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

NATO rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ukrainaliklarga, NATOning birligi va urush Shvetsiya hamda Finlandiya kabi mamlakatlarda olib kelishi mumkin bo‘lgan siyosiy oqibatlarga yetarlicha baho bermagan.

Foto: Reuters

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg mudofaa alyansining davom etayotgan kengayishini Rossiya siyosatining muvaffaqiyatsizligi belgisi deb hisoblaydi: «U urushga NATOni kamaytirishni istagani uchun kirdi. NATO esa kengaymoqda», dedi 11 iyul, seshanba kuni alyans rahbari NATOning Vilnyusdagi sammiti arafasida. Finlandiya allaqachon NATOga a’zo bo‘lgani, Shvetsiya esa tez orada a’zo bo‘lishi Ukrainaga qarshi urush «katta strategik xato» bo‘lganini ko‘rsatadi», — deya Stoltenberg so‘zlarini keltiradi dpa. Alyans rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ukrainaliklarni, NATOning birligini va urush Shvetsiya hamda Finlandiya kabi mamlakatlarda olib kelishi mumkin bo‘lgan siyosiy oqibatlarga yetarlicha baho bermagan. 

Stoltenberg shuningdek, Kiyevni yanada qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. «Urushni oldindan aytib bo‘lmaydi va u biz kutganimizdan uzoqroq davom etishi mumkin. Bizning yagona javobimiz shuki, Ukrainani qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlashimiz kerak va Ukrainaga yordamni oshirishda davom etishimiz kerak, bu aniq signal bo‘ladi», dedi alyans rahbari NATO jamoat forumida so‘zlagan nutqida. 

Ukraina qarshi hujum paytida qanday qiyinchiliklarga duch kelgani haqidagi savolga javob berar ekan, Stoltenberg Rossiya harbiylarining qattiq qarshilik ko‘rsatganiga ishora qildi. «Qarshi hujum juda muhim, ukrainaliklar o‘z yerlarini qaytarib olmoqda, ammo ular tayyorlangan mudofaa, jumladan minalangan maydonlar va tanklarga qarshi to‘siqlar bilan pozitsiyalarda qattiq qarshilikka duch kelmoqda. Pozitsion mudofaa jiddiy muammo, ammo NATO Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga e’tibor qaratishi kerak», — dedi alyans rahbari. 

NATO jamoat forumi alyansning Vilnyusdagi ikki kunlik sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi. Stoltenberg tushuntirishicha, alyans yetakchilari qo‘shma kommyunikeni yakunlamoqda, unda Ukraina kelajakda blokka a’zo bo‘lishi haqida «kuchli signal» oladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid