10:29 / 13.07.2023
5757
Reklama

85 ta mamlakat, 265 aloqa operatori. Beeline Uzbekistan'dan yangi rouming paketlari bilan chegarasiz olam

Beeline Uzbekistan sayohat qilayotgan mijozlari uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Raqamli operator dunyoning 85 ta davlatini qamrab oluvchi rouming-paketlarning yangi lineykasini joriy etdi.

Foto: Beeline Uzbekistan

Endi Beeline mijozlari butun dunyo bo‘ylab uzluksiz muloqotdan bahramand bo‘lishlari mumkin. Endi mahalliy SIM-kartani topish va ulash haqida tashvishlanishga hojat yo‘q, chunki yangi rouming paketlari butun dunyo bo‘ylab 265 ta operator bilan muloqotni osonlashtiradi.

Paketlar amal qiladigan mamlakatlar ro‘yxatiga eng mashhur yo‘nalishlar kiradi: MDH va Kavkaz mamlakatlari (Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Ukraina), Yevropa (Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Latviya, Litva, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Serbiya, Slovakiya, Sloveniya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chernogoriya, Chexiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Estoniya va boshqalar), Osiyo (Vetnam, Gonkong, Isroil, Indoneziya, Iordaniya, Kambodja, Qatar, Xitoy, Koreya, Malayziya, BAA, Ummon, Saudiya Arabistoni, Singapur, Tailand, Turkiya, Filippin, Shri-Lanka va boshqalar), shuningdek, Amerika, Afrika va dunyoning qolgan qismi (Avstraliya, Dominikan Respublikasi, Misr, Meksika, Kanada, Yangi Zelandiya, AQSh, Janubiy Afrika va boshqalar).

Yangi lineykaga besh xil rouming paketlari kiritilgan, ular mijozlarning faolligi va ehtiyojlariga ko‘ra eng yaxshi variantni tanlash imkonini beradi. 30 kun davomida amal qiladigan har bir paket qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar hamda internet megabaytlarini o‘z ichiga oladi. Xizmatni cheklanmagan miqdorda ulash mumkin, bunda megabaytlar va daqiqalar jamlanadi.

Rouming paketlari yanada moslashuvchan bo‘ldi: Beeline Uzbekistan abonentlari ularni jo‘nashdan oldin yoki belgilangan mamlakatga yetib kelganidan keyin istalgan qulay vaqtda faollashtirishlari mumkin. Bundan tashqari, ularni ulashda hech qanday maxsus shartlar talab qilinmaydi, balansingizda yetarli miqdorda pul mablag‘i bo‘lsa, kifoya. Bu sayohat paytida: ham ta’tilda, ham xizmat safarida aloqadan foydalanishda, qo‘shimcha qulaylik va nazoratni ta’minlaydi.

Yangi rouming paketlarining yana bir afzalligi shundaki, ular bir vaqtning o‘zida barcha belgilangan mamlakatlarda amal qiladi. Demak, sayohatchilar paketni bir marta ulasalar kifoya — kiritilgan daqiqalar va megabaytlardan foydalanib, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga aloqa haqida qayg‘urmasdan, erkin harakatlanishlari mumkin.

«Biz mijozlarimiz sayohat paytida ishonchli va hamyonbop aloqadan bahramand bo‘lishlari uchun xizmatlarimizni rivojlantirishda davom etmoqdamiz. Rouming-paketlarning yangi lineykasi bu borada muhim qadamlardan biridir. Bu bizning mijozlarimiz nafaqat mashhur sayyohlik yo‘nalishlariga, balki dunyoning boshqa mamlakatlariga sayohat qilish chog‘ida ham aloqada bo‘lishlari mumkinligini anglatadi», — Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.

Beeline Uzbekistan rouming paketlarining yangi lineykasi tufayli sayohat yanada qulayroq bo‘ladi, mijozlar esa dunyoning istalgan nuqtasida doimo aloqada bo‘lgan holda o‘z sayohatlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Beeline Uzbekistan'dan roumingdagi barcha foydali takliflar haqida batafsil ma’lumotni raqamli operator veb-saytidan olishingiz mumkin. 

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan 

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan

Top