12:58 / 13.07.2023
4203

Iyunda ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida uy-joy narxi o‘sish sur’ati sekinlashdi 

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi o‘zining navbatdagi sharhida ko‘chmas mulk bozorida yuz bergan o‘zgarishlarni tahlil qildi.

Foto: Kun.uz

2023 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulkni oldi-sotdi bo‘yicha bitimlar soni deyarli 131 mingtani tashkil etib, yillik o‘sish 3,9 foizga oshdi. Shu bilan birga, 2-chorakda sotuvlar 5 foizga o‘sdi va 69 ming bitimdan oshdi.

Iyun oyida ko‘chmas mulk bozori faollikning pasayishi bilan ajralib turadi. Oylik sotuvlar may oyida sezilarli o‘sishdan keyin 7,7 foizga kamaydi. Ko‘chmas mulk bo‘lgan turar joy oldi-sotdi shartnomalari soni may oyidagi 25,5 mingtaga nisbatan 23,6 mingtani tashkil etdi.

Shu bilan birga, yil boshida ijara haqining 20 foizdan ortiq pasayishi bir vaqtning o‘zida poytaxtning uchta hududida qayd etildi. Xususan, Olmazorda - 26 foiz, Shayxontohurda - 24 foiz va Bektemirda - 22 foiz.

Iyun oyida ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida uy-joy narxining o‘sish sur’ati sekinlashdi. Agar may oyida 1 kvadrat metr uchun uy-joyning o‘rtacha narxining oshishi 2,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, iyun oyida "ikkilamchi uy-joy" narxi atigi 0,8 foizga oshdi.

Joriy davrni o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda, ikkilamchi ko‘chmas mulkning o‘rtacha narxi 22 foizdan oshdi. Namangan - 34,9 foiz, Toshkent viloyati - 29,4 foiz va Toshkent shahrida - 30,4 foiz uy-joy narxining sezilarli o‘sishi qayd etildi.

Top