Saudiya Arabistoni ligasi transfer iştahalari hozirça Messining Amerikaga ketişiga soya solib turibdi. Aslida argentinalik futbolçi mintaqadagi futbol taqdirini hal qilişi mumkin. Bir paytlar Amerikada futbol bormi, degan savol, göyoki örta asrlardagi «Amerika bormi?» savoliga hamohang yangragan bölsa-da, avvaliga JÇ-94, keyinçalik Bekhemning Los-Anjyeles klubiga ötişi kabi voqealar e’tiborimizni vaqtinça bölsa ham qaratişga sabab bölardi. Messining transferi öşa voqealardan kam emas, aksinça, hatto MLS’ning kelajagini ham belgilab berişi mumkin. MLS nima? U qayerdan nafas oladi? Rostan ham «Inter Mayami» AQŞ çempionatida autsaydermi? Şular haqida batafsil.
Messiga faqat bir klub pul tölamaydi
Alohida olganda, MLS çempionatidagi heç bir klub Messining xarajatlarini qoplay olmaydi. Ispaniyaning Sport naşri xabariga köra, futbolçi Mayamida yiliga 50 million yevro işlab topadi. U katta farq bilan liganing eng yuqori daromadli futbolçisiga aylanadi, şu bilan birga Şimoliy Amerikada faoliyat körsatadigan barça sportçilar orasida önlikka ham kirib oladi. Forbes ma’lumotlariga köra, «Inter» (Mayami) 2022 yilda 56 million dollar tuşum qilgan va 5 million dollar zarar bilan çiqqan. Ya’ni birgina Messining maoşini tölaş uçun klub bir yillik topgan pulining barçasini işlatişiga töğri keladi.
Yevropada bunday holatni umuman tasavvur qiliş qiyin, ayniqsa Fair Play şartlari ostida. Öz vaqtida Messining katta maoşi «Barselona»ning moliyaviy ahvoliga ham ta’sir körsatgani tufayli klub hali ham inqirozdan çiqib keta olgani yöq.
Ammo «Inter»ga butun liga yordam beradi. Xabar berişlariça, Messi daromadning ma’lum qismini MLS hamkorlari bölgan Apple va Adidas kompaniyalaridan oladi, şuningdek, faoliyatini tugatgaç, u klubning egalaridan biriga aylanadi.
Yevropada butun liga va uning reklama beruvçilari bir klubga u hatto Messi bölsa ham, bir futbolçini sotib olişda yordam berişini tasavvur ham qila olmaysiz, ammo MLS butunlay boşqa qoidalar asosida yaşaydi. Sokker ligasi Şimoliy Amerika va dunyo tizimining qorişmasidan iborat bölgan taşkiliy tuzilmadir.
Olti klubga bir xöjayin
Devid Bekhem va uning biznesdagi şeriklari «Inter Mayami» egalari hisoblanadi. Tadbirkorlar konsorsiumi klubni boşqaradi va ular erkin, istaşsa daromad olişadi yoki öz uluşlarini sotib yuborişadi. Ammo yuridik tomondan klub ularga tegişli emas.
MLS an’anaviy Şimoliy Amerika sport tuzilmasini özi uçun moslaştirib olgan. Eng boşida AQŞ sporti asosan universitetlar atrofida qurilgan, hamon talabalar sporti ança ommaviy ekanini şundan tuşuniş mumkin. Ötgan asr boşlarida qit’ada ilk professional jamoalar paydo böldi, ammo çempionatlar Yevropa tizimidan farq qiladigan tuzilmalarda taşkil qilingan.

















