MLS kubogi finali. 7 dekabr
«Inter Mayami» – «Vankuver» 3:1
Gollar: Okampo 8 avtogol, De Paul 71, Allende 90+6 – Ahmed 60
«Inter Mayami»: Rios Novo, Frey (Veygant, 90+1), Falkon, Buskets, Allen, Alba, Silvetti (Brayt, 78), De Paul, Rodriges (Segoviya, 57), Alende, Messi.
«Vankuver»: Takaoka, Okampo, Blekmon, Laborda, Ahmed (Gold, 68), Priso (Pupe, 68), Kubas (Kabrera, 82), Berxalter, Sabbi (Jyeydon Nelson, 90+1), Myuller, Uayt.
Ogohlantirişlar: Rodriges (13), Falkon (48), De Paul (86), Rios Novo (90+9) – Uayt (17), Okampo (45), Blakmon (66), Kubas (74), Laborda (86), Berxalter (90+4)

«Inter Mayami» Messi bilan birgalikda öz tarixida ilk bor MLS çempioniga aylandi – bu oltinçi urinişda röy berdi. Pley-off finalida Tomas Myuller boşçiligidagi «Vankuver Uaytkeps» (3:1) mağlub etildi. Leo Messi ikkita golga uzatma berdi.

«Inter» darhol avtogol yordamida hisobni oçdi. Ötkazib yuborilgan goldan keyin esa Messi katta sahnaga çiqdi

«Inter» avtogol evaziga hisobda oldinga çiqib oldi. «Mayami» yarimhimoyaçisi Tadeo Alende öng qanotdan töpni jarima maydoniga uzatdi, Ediyer Okampo esa töpga oyoğini qöyişda xato qildi va öz darvozasini işğol etib qöydi. Messi uşbu golli hujumda ham iştirok etdi.

Keyin esa «Inter» biroz ortga qaytdi, «Vankuver» esa bosimni kuçaytirdi. 8-daqiqadayoq hisob oçilişi «Inter»ning zarariga işladi deyiş ham mumkin. Şundan keyin floridaliklar biroz xotirjamoikka berildi va kanadaliklar taşabbusni qölga olib, bir neça xavfli vaziyatlar yaratişdi, 60-daqiqada esa hisob tenglaşdi. Ali Ahmed yaqin burçakka kuçli zarba yölladi, «Inter» darvozaboni Rokko Rios töpni ötkazib yubordi.

Şundan keyin Messi öyinni özgartirib yubordi. 71-daqiqada Leo töpni raqibdan olib qöydi va uni himoyaçilar ortiga oçilayotgan Rodrigo De Paulning yöliga taşlab berdi, argentinalik yarimhimoyaçi olis burçakni aniq nişonga oldi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda esa Messi yana bir golli uzatma amalga oşirdi, Alende öyinga sönggi nuqtani qöydi.

De Paul uçun bu MLS çempionatidagi ilk gol edi va şu gol finalda ğalaba olib keldi. Messi ikki assist bilan öyin taqdirini hal qildi.

Messi mavsumni kuçli ötkazdi. Alba va Buskets faoliyatidagi sönggi öyinda sovrin qölga kiritdi