Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda fuqaro 9 bosh echkiemarni noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlandi
U hayvonot dunyosiga qariyb 51,5 mln so‘m miqdorida zarar yetkazgani aniqlangan.
Qashqadaryo viloyatining «Balxiyak» mahallasida yashovchi A.Q. o‘z xonadonida 9 bosh Bo‘z echkiemar hamda 5 bosh O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlandi. Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, toshbaqalardan biri nobud bo‘lgan.
Qayd qilinishicha, Bo‘z echkiemar va O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi O‘zbekiston Qizil kitobi hamda CITES konvensiyasiga (yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya) kiritilgan.
Bundan tashqari, A.Q. 2 bosh ko‘lvor ilonni o‘ldirib, hovlisiga osib qo‘ygani ham ma’lum bo‘lgan.
Huquqbuzardan hayvonlar olib qo‘yilgan va yashash muhitiga mos bo‘lgan Nishon tumanidagi cho‘l hududlariga qo‘yib yuborilgani aytilmoqda.
O‘rganish davomida A.Q, hayvonot dunyosiga qariyb 51,5 mln so‘m miqdorida zarar yetkazgani aniqlangan.
Mavzuga oid
15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi
10:01 / 17.03.2025
2024 yil xalqaro reytingda Toshkent havo iflosligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi
10:04 / 16.03.2025
Toshkentda mingdan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilayotgani aniqlandi
21:27 / 12.03.2025