Biroq, Ğarb davlatlari Rossiya bilan uruş yakunlanganidan söng Ukrainani tezlaştirilgan tartibda NATOga qabul qilişini bildirib, unga formal ravişda peşvoz çiqdi. Bunday jarayon Finlandiya va Şvetsiyaga nisbatan muvaffaqiyatli qöllandi.

Biroq NATOga a’zo bölişning aniq muddatlari tilga olinmadi, boşqa muayyan va’dalar ham berilmadi, bu esa Ukraina va NATO munosabatlarining kelgusi ssenariylari oçiq qolganini bildiradi. Faqat Oq uy uruş «dinamik jarayon» ekanini ta’kidlab, şu bois muddatlar böyiça aniq kelişuvlar belgilanmaganini ta’kidladi.

Turkiya va Şvetsiya

Sammit avvalida NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Şvetsiya boş vaziri Ulf Kristersson va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşuv ötkazib, Turkiya hukumati ortiq Şvetsiyaning NATOga a’zo bölişiga tösqinlik qilmasligini e’lon qildi.

Erdöğan Şvetsiyaning alyansga a’zo bölişi haqidagi bayonnomani ratifikatsiya qiliş uçun parlamentga jönatişga rozi böldi. Buning avvalida u Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bölişi uçun yöllar oçilişini söradi. Turkiya parlamenti Şvetsiyaning NATOga a’zo bölişini kelugsi hafta oxirigaça ratifikatsiya qilişi mumkin. Vengriya ham Turkiya izidan borib, bu a’zolikni ma’qullaydi. Şunday qilib, Şvetsiyaning NATOga a’zo bölişi oldida ayrim texnik tösiqlar qoldi, xolos.

Avvalroq Turkiya hukumati Rossiya-Ukraina uruşi tugaguniga qadar Turkiyada qolişi lozim bölgan Ukrainaning «Azov» polki komandirlarini ozod qilgan edi. Ekspertlar fikriça, bu voqealarning bari Anqara Moskvaga nisbatan öz taşqi siyosatini özgartirayotganidan dalolat beradi, deb yozadi Reuters.

Turkiyaning 180 darajaga özgarişi NATOning muhim sammitigaça köp oylik oğir muzokaralar natijasi, «unda alyans yetakçilari, jumladan AQŞ prezidenti Jo Bayden bir front bölib turib, Vladimir Putinga uning Ukrainadagi uruşi alyansni faqat kuçaytirganini körsatib qöyişdi», deb yozadi