NATO sammitiga yöl olar ekan, Istanbuldagi Otaturk aeroportida qilgan çiqişida Erdöğan Tursiya doim alyansning «oçiq eşiklar» siyosatini qöllab-quvvatlaşi, Şvetsiyaning NATOga a’zolik masalasi uşbu mamlakatning terrorizm körinişlariga qarşi kuraşişiga boğliqligini ta’kidlagan.

«[NATO] sammitida yana ittifoqdoş davlatlarni yana Turkiyaga sanksiyalar va çeklovlar joriy etiş pozitsiyasidan voz keçişga çaqiraman», — deya uning sözlarini keltirmoqda «Anadölu» agentligi

Erdöğan NATO sammitiga yöl oliş oldidan Otaturk aeroportida çiqiş qildi. Foto: CNN

Sözi boşida şunday deb turgan Erdöğan kutilmaganda Şvetsiyaning NATOga a’zoligini Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bölişiga boğlagan. 

Turkiya yetakçisining sözlariga köra, avvaliga Yevropa Ittifoqi «Turkiyaga eşiklarini oçişi kerak», şundan sönggina Turkiya Şvetsiyaning NATOga a’zo böliş haqidagi arizasini tasdiqlaydi.

Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bölişi borasidagi muzokaralar 2005 yilda — Erdöğanning birinçi muddatida boşlangan edi. Şundan söng rasmiy Anqara va Bryussel örtasidagi munosabatlar sovuqlaşib, yillarki muzlatib qöyilgan. Vilnyusda ötadigan NATO sammitiga jönab ketiş oldidan Erdöğan kutilmaganda bu masalaga qaytgan.

Erdöğan NATO maydonlarida Yevropa kengaşi prezidenti Şarl Mişel bilan ham uçraşişga ulgurdi. Foto: Daily Sabah

«Men Turkiyani Yevropa Ittifoqi eşiklari oldida 50 yildan buyon sarğayişga majbur qilayotgan davlatlarga yuzlanmoqçiman. Avval Turkiyaning Yevropa Ittifoqi tomon yölini oçing, şundan söng biz xuddi Finlandiyaga ruxsat berganimiz kabi, Şvetsiyaning ham yölini oçamiz», — degan Erdöğan.

Bu çiqişlardan söng NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Turkiyaning YeI a’zosi bölişini qöllab-quvvatlaşi, lekin bu ança vaqtni oladigan alohida masala ekanini ta’kidlagan. Şvetsiya esa allaqaçon NATOga a’zo böliş uçun barça şartlarni bajargan.