Asosiy hissadori rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov bölgan USM kompaniyasi 35 mln yevroga «Everton» klubining yangi stadionini nomlaş huquqini sotib oldi. Bu xaqda ingliz klubi öz rasmiy saytida xabar qildi.

Foto: Everton FC/PA
Foto: Everton FC/PA

Liverpul şahri klubining yangi arenasi 2023 yilda qurilişi kutilmoqda. Usmonov «Everton»ning hissadori Farhod Moşirining biznes-hamkori sanaladi.

Eslatib ötamiz, Alişer Usmonov 10 yildan köproq vaqt davomida Londonning «Arsenal» klubi hissadorlaridan biri edi, ammo 2018 yilda öz uluşini «töpçilar»ning asosiy hissadori Sten Kronkega sotib yuborgan.