Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda hibsda ushlab turilgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
Ular Hindiston-Nepal chegarasidan noqonuniy o‘tganlikda ayblangan edi.
Hindistonda hibsda ushlab turilgan o‘zbekistonlik 3 nafar ayol Dehlidagi elchixona ko‘magida vatanga qaytarildi. Bu haqda Dunyo xabar berdi.
2022 yilda Hindiston-Nepal chegarasidan noqonuniy o‘tishga uringan o‘zbekistonlik ayollar hibsga olingan, shu yil avgust oyida Arariya shahri sudi ularni mamlakatdan deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqargan edi.
Biroq, sud qarori turli byurokratik to‘siqlar va yurisdiksiyaning murakkabligi sababli bajarilmadi. Ayollar esa bir necha oy davomida hibsda saqlandi.
Shundan so‘ng, O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi ko‘magida ular vatanga qaytarildi.
Diplomatik missiya vatandoshlarni Hindistonga safar qilishdan oldin turli shubhali guruh yoki shaxslarning yolg‘on va’dalariga aldanib qolmaslik, ushbu mamlakatga kirish va unda bo‘lib turish chog‘ida mahalliy qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqiradi.
Mavzuga oid
19:06 / 15.04.2026
Rossiyadan 6 mingga yaqin migrant chiqarib yuboriladi
08:41 / 15.04.2026
O‘zbekiston va Hindiston harbiylari qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
20:35 / 09.04.2026
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish uchun asoslar soni ikki barobar oshiriladi
10:10 / 04.04.2026