Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy aviakompaniyalarga O‘zbekistonga aviatashuvlar uchun ruxsatnoma onlayn rasmiylashtiriladi
O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar xorijiy aviakompaniyalarga elektron shaklda taqdim etiladi.
Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, xorijiy aviakompaniyalar tomonidan O‘zbekistonga muntazam aviatashuvlarni amalga oshirish uchun ruxsatnomalarni onlayn rasmiylashtirish imkonini beruvchi «Forma R» axborot tizimi ishga tushirildi.
Endilikda xorijiy aviakompaniya rasmiy vakili air.uztrans.uz manzili orqali belgilangan shaklda onlayn ariza to‘ldiradi. Shu kunga qadar mazkur jarayon an’anaviy usulda, qog‘oz ko‘rinishidagi ruxsatnomalarni rasmiylashtirish orqali amalga oshirib kelinayotgan edi.
Ushbu axborot tizimining ishga tushirilishi va jarayonning raqamlashtirilishi natijasida ortiqcha qog‘ozbozlik va ovoragarchilikning oldi olindi. Buning natijasida ruxsatnoma rasmiylashtirish jarayonida vaqt sarfi sezilarli darajada kamaytirildi.
Ruxsatnomani kelishish jarayonida, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va «O‘zaeronavigatsiya markazi» DUK hamda Uzbekistan Airports AJ tomonidan ko‘rib chiqiladi va transport vaziri o‘rinbosari tomonidan maxsus shakllantirilgan QR-kodga elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
23:17 / 07.06.2026
Aviakompaniyalar Erondagi urush sababli 100 mlrd dollar yo‘qotadi - hisobot
17:50 / 21.04.2026
Etihad Airways avgustdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlaydi
21:22 / 18.04.2026
Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarning ruxsatnomalari bilan bog‘liq muammo bo‘yicha izoh berdi
14:58 / 20.01.2026