Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekin Germaniyaning Xitoy bo‘yicha yangi strategiyasini tanqid qildi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili 61 sahifalik hujjatni «samarasiz strategiya» deb atab, GFRni proteksionizmda aybladi hamda Berlin Xitoydagi voqealarga «har tomonlama va xolisona» qarashiga umid bildirdi.
Foto: Reuters
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Germaniya hukumatining Xitoyga nisbatan yangi strategiyasini tanqid qildi. 14 iyul, juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida TIV matbuot kotibi Van Venbin 61 sahifalik hujjatni «samarasiz strategiya» deb atadi. Bu «dunyoning bo‘linishini yanada kuchaytiradi», deya rasmiyning so‘zlaridan iqtibos keltirgan dpa axborot agentligi.
Venbin Germaniya hukumatini proteksionizmda ham aybladi. Bundan tashqari, Berlin Xitoydagi voqealarga «har tomonlama va xolisona» qarashiga umid bildirildi.
Germaniya federal vazirlar mahkamasi 13 iyul kuni ko‘p oylik muhokamalardan so‘ng birinchi marta Xitoy bo‘yicha strategiyani qabul qildi. «Germaniya hukumati Xitoydan uzoqlashishga intilmayapti. Xitoy bilan iqtisodiy integratsiyani saqlab qolish kerak. Biroq, biz ulardan kelib chiqadigan xatarlarni yumshatish uchun muhim sohalarda qaramlikni kamaytirmoqchimiz», - deyiladi hujjatda.
Strategiyada Berlin, shuningdek, Pekinni Hindiston-Tinch okeani mintaqasidagi agressiv siyosati bilan inson huquqlarini jiddiy poymol qilishda va xalqaro huquqqa putur yetkazishda aybladi. «Xitoyning xatti-harakati va qarorlari so‘nggi yillarda munosabatlarimizdagi raqobat unsurlari kuchayganini bildiradi», — deyiladi hujjatda.
Mavzuga oid
20:01 / 17.02.2026
Afg‘onistonga sovetlar bosqinida Xitoyning pozitsiyasi qanday edi?
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
22:21 / 12.02.2026
AQSh Venesuelaning «neft karantini» tugaganini e’lon qildi
20:55 / 09.02.2026