1990 yilda Britaniyadan Ispaniyaga uçayotgan samolyotning old oynasi uzilib ketadi. Uçuvçilar kabinasiga kirgan kuçli şamol ekipaj komandirini taşqariga tortib ketadi. Uçuvçi samolyotdan çiqib ketar ekan oyoği şturvalga ilinadi, tanasi fyuzelajga yopişib qoladi. Şu paytda soniyalar içida bort kuzatuvçi uning oyoğidan tutib qoladi. Samolyotni qöndirişganida uçuvçi tirik qolgan, biroq tanasining aksariyat qismini sovuq urgandi

Aviatsiya tarixida juda köp turli hodisalar yuz bergan. Ularning ayrimlari fojia bilan tugab, odamlar halok bölgan. Boşqalarida esa yöqotişlar bölmay, barçasi yaxşilik bilan tugagan.

1990 yilda Britaniyadan Ispaniyaga parvoz qilgan BAC 1-11 samolyoti bilan sodir bölgan hodisa ham qayğuli yakun topişi, samolyot uçuvçilarsiz qolib halokatga uçraşi va undagi barça ölib ketişi mumkin edi.

Biroq barçasi yaxşilik bilan tugaydi va ekipaj komandiri hamda bort muhandisi tanasining bir qismini sovuq urganini hisobga olmasa, boşqa yöqotişlar bölmaydi.

Samolyot

BAC 1-11 reaktiv samolyoti örta masofalarga uçişga möljallangan bölib, uni Britaniyaning British Aircraft Corporation kompaniyasi 1960-yillar boşida işlab çiqara boşlagan.

Samolyotning dastlabki sinov parvozi 1963 yilda muvaffaqiyatli ötkazilgan. 1965 yildan boşlab unda yölovçi taşişni boşlaşgan.

BAC 1-11 samolyotlaridan jami 244 dona işlab çiqarilgan bölib, undan asosan Britaniyaning British Airways va AQŞning American Airlines aviakompaniyalari foydalangan.

Samolyot 80-90 nafar atrofida yölovçi örni bölgan va ularga asosan olti nafar ekipaj a’zosi xizmat körsatgan.

BAC 1-11 samolyotlari Rolls Royce kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan ikkita dvigatel bilan harakatlangan. Uning maksimal tezligi soatiga 871 kilometr bölib, samolyot 10 670 metr balandlikkaça kötarila olgan.

Britaniyadan Ispaniyaga parvoz qilgan BAC 1-11 1971 yilda işlab çiqarilgan bölib, u hodisa sodir bölgan kungaça 37 724 soat parvoz qilgan edi.

2019 yilda British Airways BAC 1-11 samolyotlaridan foydalanişni töxtatgan. Biroq dunyoning juda köp davlatlarida undan foydalanişda davom etişmoqda.