Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Temiryo‘l sohasini isloh qilish. Bu borada Yaponiya tajribasi qanday bo‘lgan?
Yaponiya hukumati xususiy kapitalni temiryo‘l sanoatiga jalb qilishni rag‘batlantiradi. Bu esa subsidiyalaridan deyarli voz kechish imkonini bergan.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari temiryo‘l sohasini isloh qilish bo‘yicha Yaponiya tajribasini o‘rgandi.
Yaponiya temiryo‘l tizimi dunyodagi eng ilg‘or tizimlardan biri bo‘lib, uning umumiy uzunligi 30 ming 625 kmni tashkil etadi.
Yaponiyada temiryo‘l sohasida «Japan Railways» (JR Group) kompaniyalar guruhi faoliyat yuritadi. JR Group 1987 yilda davlatga qarashli Yaponiya milliy temir yo‘llari (JNR) kompaniyasini o‘zgartirish orqali tashkil etilgan.
Yaponiyada temiryo‘l islohati o‘tkazilishining asosiy sabablari:
- davlatning kompaniya boshqaruviga aralashuvi;
- standartlashtirilgan boshqaruv;
- menejyerlar va kasaba uyushmalari faoliyatida o‘zaro muvofiqlikning yo‘qligi;
- tashkilotning yirikligi;
- menejyerlar o‘rtasida raqobatning ahamiyati haqida yetarlicha tushuncha bo‘lmaganligi.
Islohotning asosiy yo‘nalishlari:
- raqobatni joriy etish;
- ortiqcha xodimlar sonini qisqartirish;
- vazifalar va operativ javobgarlikni aniq taqsimlash;
- affillangan biznesni rivojlantirishga turtki berish.
Islohot xususiy kapitalni temiryo‘l sanoatiga jalb qilishni rag‘batlantirdi. Bu esa markaziy hukumat subsidiyalaridan deyarli voz kechishga imkon berdi.
«Temiryo‘l transporti sohasida temiryo‘l infratuzilmasini yaxshilash, yangi liniyalarni qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, yuk va yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash uchun sharoit va rag‘batlantirish tizimini yaratish, transportda, shu jumladan vokzalga yondosh hududlar va stansiyalarda xizmatlarni tubdan o‘zgartirish uchun davlat-xususiy sheriklik (DXSh) tamoyillarini joriy etish maqsadga muvofiq», deyiladi MHTI tadqiqotida.
Mavzuga oid
08:30 / 18.06.2026
Qaysi davlatlarda yuqori tezlikdagi temiryo‘llar eng rivojlangan?
08:30 / 16.06.2026
Alp tog‘laridan dengiz tubigacha: dunyodagi 7 eng uzun temiryo‘l tunneli
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
10:50 / 12.06.2026