Jahongir Ulug‘murodov ishi: sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi
Toshkent viloyati apellatsiya instansiya sudi nashida tarqatganlikda ayblanib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan 21 yoshli Jahongir Ulug‘murodov ishi bo‘yicha birinchi bosqich sudi hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.

17 iyul kuni Toshkent viloyat sudida Jahongir Ulug‘murodov ishi bo‘yicha berilgan apellyatsiya shikoyatlariga asosan apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlandi.
Sud jarayonlaridan qatnashgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Toshkent viloyat sudi JIB sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining ajrimi bilan birinchi instansiyasining chiqargan hukmi o‘zgarishsiz, shikoyatlar esa qanoatlantirilmasdan qoldirildi.
Ayblanuvchi va uning yaqinlarida ajrim ustidan Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest keltirish huquqi mavjud.
Ishda himoyachi sifatida qatnashayotgan advokat Abdumalik Abdullayev sudlov hay’ati o‘z ajrimi yuzasidan izoh berishni xohlamagani hamda sud zalini tezda tark etganini yozib qoldirdi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining talabasi hisoblangan Jahongir Ulug‘murodov2023 yil yil 8 may kuni JIB Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan JK 244-1-moddasi 3 qismi “g” bandida nazarda tutilgan harakatni sodir etishda aybdor, deb topilgan. Unga JK 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi
Jamiyat | 21:12
-
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan
Jahon | 21:05
-
Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi
O‘zbekiston | 20:46
-
Tagliklar, tish cho‘tkalari va boshqa “xavfli” tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinadi
Iqtisodiyot | 20:45
Mavzuga oid

15:50 / 25.11.2024
Janubiy Koreyada armiyadan bo‘yin tovlash uchun atay semirgan fuqaro qamaldi

16:20 / 05.06.2024
19 yoshida 18 yillik qamoq – Qoraqalpog‘istonda bosqinchilik va qotillik qilgan yigitga hukm o‘qildi

22:38 / 18.05.2024
Toshkentda ushlangan jinoiy guruh a’zolariga sud hukmi o‘qildi

15:23 / 27.02.2024