Toşkentda öquvçining ölimiga sabab bölgan haydovçiga sud hukmi öqildi. Bu haqda Millar dasturi xabar berdi.
Tafsilotlarga köra, YTH 2024 yil 19 sentabr kuni soat taxminan 13:45 larda Fayzli Toşkent köçasida sodir bölgan. Sergeli yöli şohköçasida avtobus belgilanmagan joyda yölovçilarni tuşirib qoldirgan. 1983 yilda tuğilgan M.A. (ayol) boşqaruvidagi BYD Song Plus avtobus oldidan yölning belgilanmagan joyidan kesib ötayotgan öquvçi qizni urib yuborgan. Ayol maşinani şaharda ruxsat etilganidan yuqori tezlikda boşqargan.
Qiz tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgan.
Holat yuzasidan BYD haydovçisi M.A.ga nisbatan jinoyat işi qözğatilgandi. Keyinçalik poytaxt IIBB matbuot xizmati Kun.uzʼga holat böyiça bir qança ekspertizalar tayinlanganini, xulosaga köra haydovçiga nisbatan ehtiyot çorasi masalasi körib çiqilişini bildirgandi.
JIB Sergeli tuman sudining hukmi bilan BYD haydovçisi M.A. Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybli deb topildi. Unga nisbatan 2 yil muddatga haydovçilik huquqidan mahrum etgan holda 4 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.








